Dasturlash tillarini o‘qitish metodikasi


Download 19.1 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi19.1 Kb.
#1039793
  1   2
Bog'liq
1-mustaqil.ish(Tezis.)


Dasturlash tillarini o‘qitish metodikasi” fanidan elektron o‘quv uslubiy majmua yaratish.
Sattarov Muzaffarbek
TATU Samarqand filiali AKTKT fakulteti 401-guruh talabasi
smuzaffarbek7gmail.com
Ilmiy rahbar: o’qituvchi ass. Yuldashev A.
Annotatsiya - Oliy ta`limda talabalar orasida “Dasturlash tillarini o’qitish ” kursida yoshlarni saralash,ular bilan ishlash, pedagogic kuzatuvi bilan bog`liq muommolar yetarlicha o`rganilmaganligi sababli ushbu mavzu alohida kasb etadi. Dasturlash tillarini o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, o‘qitish samarasini oshirish uchun vazifalarni belgilash, dasturlash tillarini Pascal, Delphi, C++,JavaScript va Python dasturlash tillari misolida o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish.

Kalit so‘zlar - “Dasturlash tillari”, “Aqliy hujum texnologiyasi”, “Delphi”, “C++”, “JavaScript” , “Python”.


Kirish: Ilmiy izlanishlar va mustaqil ishlash natijalari shuni ko‘rsatadiki, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining rivojlanib borishi kasb-hunarkollejlari bitiruvchilarining sifatini yanada takomillashtirishni, fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, izlanuvchanlikka, fikrlash qobiliyatlarini yuksaltirishda, axborot kommunikatsion texnologiyalar xizmatidan maqsadli ravishda samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirishda, talabalar mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biridir.


Ilmiy izlanishlar va mustaqil ishlash natijalari shuni ko‘rsatadiki, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining rivojlanib borishi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining sifatini yanada takomillashtirishni, fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, izlanuvchanlikka, fikrlash qobiliyatlarini yuksaltirishda, axborot kommunikatsion texnologiyalar xizmatidan maqsadli ravishda samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirishda, talabalar mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biridir.


Asosiy qism: 20-30 yil avval asosiy vazifasi faqat dasturlash asoslaridan iborat bo‘lgan informatika fani bugungi kunda dasturlash tillari, axborot texnologiyalari, tarmoq texnologiyalari, o‘qitish texnologiyalari va boshqa bir qator mustaqil fanlarga ajralib ketdi. Bu fanlarning hammasi mantiqiy jihatdan bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishiga qaramay, muayyan sohani o‘rganish uchun mo‘ljallangan.


Kompyuter yordamida hal qilinadigan har qanday masala uchun maxsus dastur ishlab chiqish talab qilinadi. Kompyuter yordamida yechimini kutayotgan masalalar uchun eski‖ dasturlash vositalari yordamida dasturlar ishlab chiqish iqtisodiy jihatdan o‘zini qoplamasligi hamda dastur ishlab chiqish jarayonining murakkabligi yangi dasturlash tillariga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Bu masala tajribali dasturchilar yoki dasturchi guruhlar tomonidan hal qilinadi. Ana shunday dasturchilarni tarbiyalab, voyaga yetkazish, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida ehtiyojiga qarab foydalanishi uchun zarur ma‘lumotlarni (dasturlash asoslari, dasturlash tillari, axborot texnologiyalari va x.k.) o‘rgatishdek jarayonni samarali tashkil etish o‘quv yurtlaridagi dasturlash asoslari fani o‘qituvchilarining eng asosiy vazifasi hisoblandi.

Aqliy hujum texnologiyasi biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma‘lum bir yechimga keladigan samarali usullardan biridir. U to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. Aqliy hujum uslubini qo‘llashda o‘qituvchi guruh ishtirokchilarini to‘playdi, ular oldiga biror muammoli vaziyatni yechish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi. Mazkur bosqichda ishtirokchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilarning g‘oyasi, fikrini muhokama qilish yoki baholashi mumkin emas. Bildirilgan har qanday g‘oya va fikrlar hisobga olinadi, qancha ko‘p fikr va g‘oyalar bildirilsa shuncha yaxshi. Bildirilgan g‘oya va fikrlarni to‘ldirish, kengaytirish, qayta o‘zgartirish mumkin. g’oyalar yozilgan varaqlar devorga osib qo‘yiladi. Berilgan g‘oyalar asosida muammoni hal etishga yordam beradigan yechimni tiklash uchun muhokama o‘tkaziladi. Bu haqiqatan ham talabalarning ta‘lim jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon etish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag‘batlantiruvchi samarali metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o‘ziga tortib oladi.


O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o‘quv faolligi 5- 10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi. Aqliy hujum turli tarzda qo‘llanilishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun yangi savol qo‘yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish va hokazo.

Dasturlash tillari rivojlanishdan to‘xtagani yo‘q. Bugungi kunda ma‘lumotlarni ifodalash shakli, tuzilmasi va ishlash tamoyillari avvalgilaridan butunlay farq qilib, imkoniyatlari juda ham boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari shakllandi va avvalgilariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan yangi versiyalar hisobiga rivojlanib bormoqda. Buning evaziga, dasturlash tillarini o‘qitishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Birinchidan, Informatika‖,Dasturlash tillari‖, Algoritmlash va dasturlash tillari‖, Informatika o‘qitish


uslubiyoti‖ fanlari axborot texnologiyalari sohasida ro‘y berayotgan kompyuter imkoniyatlarining kengayishi, yangi operasion tizimlar va dasturlash tillari, axborotlarni qayta ishlash jarayonlari, tarmoqlar bilan ishlash kabi o‘zgarishlarni tezkorlik bilan qayd qilib ulgurmayapti. To bir tilni tanlash, uni o‘qitish uchun tayanch tushunchalari va mazmunini belgilash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilinguncha o‘tadigan davrda bu tilning yangi versiyalari yoki imkoniyatlari undan boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari ishlab chiqilmoqda. Ikkinchidan, informatika fani o‘qituvchilari o‘rtasida o‘qitish uchun dasturlash tillarini tanlash va ularni o‘qitishda yuqori samara beruvchi yo‘l-yo‘riqlarni aniqlash muammolariga hammani qanoatlantiruvchi javob topilganicha yo‘q. Bu yo‘lda yangi dasturlash tillari yaratilgandan so‘ng, albatta, ―eskilarini‖ o‘qitish ahamiyatining bo‘lmasligi asosiy to‘siq hisoblanadi. Uchinchidan, informatika fanini o‘qitish paradigmalari o‘zgarib bormoqda. Bundan 20-30 yil avval kompyuter savodxonligi tushunchasi asosini faqat dasturlash tillari tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda informatikaning umummadaniy va kasbiy-amaliy tomonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida oliy o‘quv yurtlarida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish masalasini qayta ko‘rib chiqishni va uni doimo boyitib borishni talab etadi. To‘rtinchidan, an‘anaviy dasturlash tillarini o‘qitishda asosiy e‘tibor strukturali algoritm asosida dastur ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lsa, ob‘ektga mo‘ljallangan dasturlash tillarini o‘qitishda ―eski‖ dasturlash tillarida mavjud bo‘lmagan ob‘ekt, klass kabi tushunchalar hamda ob‘ektli dasturlashning asosiy konsepsiyalari bo‘lgan polimorfizm, vorislik va inkapsulyasiyalarni o‘qitish birinchi o‘rinda turadi. Beshinchidan, biror tanlab olingan zamonaviy dasturlash tili (masalan, DELPHI, C++,JS va Python.) nihoyatda katta imkoniyatlarga ega va deyarli barcha zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlay olgani uchun, uning qaysi tushuncha, mavzu va imkoniyatlarini o‘qitish masalasi ham ochiq turibdi. Oltinchidan, ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarining barcha tuzilmalarini ingliz tilida ekanligi ham jiddiy muammo hisoblanadi. Afsuski, ko‘plab talabalarimizning chet tillari (ayniqsa, ingliz tili) bo‘yicha bilimlari ilmiy, o‘quv va uslubiy adabiyotlarni o‘qib, tahlil qila oladigan darajada emas. Yettinchidan, OO‘Yu bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasi bilan dasturlash asoslarini o‘qitish sohasidagi zamonaviy talablar o‘rtasidagi nomutanosiblik yuzaga kelmoqda.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, OTM talabalarida yangi dasturlash texnologiyalari bo‘yicha bilim va malakalarini shakllantirish, rivojlantirish, Informatika‖ va Zamonaviy dasturlash tillari‖, Algortimlash va dasturlash tillari‖ fanlarini o‘qitish sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, bu fanlarni o‘qitish uslubiyotini tahlil qilish va takomillashtirish Oliy ta‘lim tizimidagi eng dolzarb masalalalardan biri hisoblanadi.



Download 19.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling