Dasturlash uslublari va paradigmalari fanidan oraliq nazorat savollari


Download 43.5 Kb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi43.5 Kb.
#1055872
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
paradigma 1-10


Dasturlash uslublari va paradigmalari fanidan oraliq nazorat savollari

  1. Dasturlash tillarining rivojlanish tarixini bayon qiling (Niklaus Virt, strukturali dasturlash, obyektga mo’ljallangan dasturlash, Simula, dasturlash tillarining yaratilish xronologiyasi).

XX asrning 80 - yillaridan oldin ishlab chiqilgan kompyuterlar uchun katta dasturiy sistemalarni ishlab chiqish juda ham mushkul vazifa edi. Bu davrdagi kompyuterlar xalq ho‘jaligining hisob-kitob bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarini yechish uchun mo‘ljallangan edi. Kompyuterlarda boshqa xarakterdagi masalalarning yechishning iloji yo‘q edi. Dasturchilar uchun shu kompyuterlarda yechilayotgan masala uchun berilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda masalaning yechish algoritmini ishlab chiqish birinchi o‘rindagi vazifa hisoblangan. Bu borada N. Virtning mashhur ma’lumotlar+algoritm=dastur formulasini yodga olish yetarli.
XX asrning 60-70 yillarida xalq xo‘jaligining ko‘plab masalalarini kompyuter yordamida yechish uchun BASIC, PASKAL, FORTRAN kabi dasturlash tillari, DBASE. CLIPPER, FOXBASE, KARAT kabi ma’lumotlar bazasini boshqaruv tizimlari yetarli bo‘lgan.
Keyingi yillarda strukturali dasturlashning o‘ndan ortiq usullari ishlab chiqildi. Bu usullarning ko‘pchiligi bitta mavzuning turli ko‘rinishlaridan iborat bo‘ldi. Ammo, Sommervil ularni uchta guruhga bo‘lishni taklif qildi:
-yuqoridan quyiga qarab strukturali loyihalash usuli;
-ma’lumotlar oqimini tashkil qilish usuli;
-ob’ektga yo‘naltirilgan loyihalash.
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash atamasi dastlab 1960-yillarning o‘rtalarida, Simula-67 dasturlash tilida paydo bo‘lgan. Ammo, bu til FORTRAN, ALGOL, PL/1 kabi tillarga nisbatan o‘zining imkoniyatlari past bo‘lganligi hamda shu davrda yechish talab qilingan masalalar uchun yetarli vositalarni taklif qila olmagani uchun dasturchilar orasida keng ommalasha olmadi. Keyinchalik ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash Smalltalk, Object Pascal, C++, Ada, hozirda esa C# kabi yuqori darajali dasturlash tillarining topologiyasi asosida rivojlandi va ommalashmoqda.

  1. Paradigma va dasturlash paradigmasi tushunchalarini batafsil bayon qiling (paradigma, uslub,metdologik asos,dastur,dasturchi,paradigmalarga misol,deklarativ, imperativ).


Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling