Dasturlashtirilgan didaktik texnika vositalar majmuini qo‘llash yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari texnologiyasi
Download 27.84 Kb.
|
BUTAYEVA G SEMINAR DASTURLASHTIRILGAN DIDAKTIK TEXNIKA VOSITALAR MAJMUINI
"Faoliyat sohasi" tushunchasi:
Amaliyot o’qituvchisi va nazariya o’qituvchining turli hil vazifalaridan tipik vazifalalarini ajratish mumkin. Ular ta’limga oid faoliyat bilan o’zaro bog’liq. O’zaro bog’liq bilimlar, strategiya, texnika va tadbirlardan iborat bunday tuzilishni (strukturani) biz «faoliyat sohasi» deb nomlaymiz. Ammo buni o’qituvchi yoki instruktorning yuqorida ko’rsatilgan didaktik xatti-harakatlar bilan adashtirish mumkin emas, chunki didaktik xatti-harakatlar aynan nazariy dars yoki instruktajlarning sikli bilan bog’liqdir. Faoliyat sohasi ko’proq narsani o’z ichiga oladi. Faoliyat sohalarini belgilashdan maqsad - o’qituvchi va amaliyot o’qituvchining turli hil vazifalaridan tipik vazifalarini ajratish va ta’riflash. Bunday faoliyat sohasi turli vazifalar miqdorini o’z ichiga olishi mumkin, ya’ni u keng ham tor ham bo’lishi mumkin. Albatta, faoliyat sohasi o’z ichiga didaktik xatti-harakatlarni qamrab olgan, lekin bu harakatlar uning faqat bir qismini tashkil qiladi. Seminarning keyingi bo’limlarda o’quv materiali faoliyat sohalarga bo’lingan. Biz faoliyat sohalarini keng ko’lamli qilib tuzdik va ulardan mazmunlarni tuzish asosi sifatida foydalandik. Nega deganda, bu shakl bilimlarni amaliyotga yakin ravishda o’kitishni osonlashtiradi. Shuningdek, faoliyat sohalari esa o’z navbatida yanada bo’linib, o’qituvchi va instruktorning topshiriklarini aniq belgilash imkoniyatini yaratadi. 2.. O’QUV - DIDAKTIK MATERIALLARNING TURLARI O’quv - didaktik materallar (yoki o’quv vositalari) deganda, o’qitilishi va o’rganilishi lozim bo’lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchilarnitushunamiz. Ular axborot olish va axborotni qayta ishlash uchun ishlatiladi. Nazariy darslarda ular asosan matnli vizual vositalardan, misol uchun o’quv kitoblari va kartotekalardan tashkil topadi. Amaliy mashg’ulotlarda ular kurs materiallari, qo’llanma kitoblar, jadvalar, ekspluatasiya bo’yicha qo’llanmalar kabilardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Bunday o’quv va didaktik materiallarga qo’shimcha tarzda tasviriy-vizual vositalardan (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar...) dan ham foydalaniladi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurni vujudga keltirishni osonlashtiradi. Ovoz va tovushli (audio), shuningdek, tasviriy tasavvurlarni shakllantiradigan audio-vizual vositalar jarayenlar va funksiyalar to’g’risidagi keng kamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi. Download 27.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling