Predmet vositalari buning aksi o’larok tasvir va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini beradi. Ular doska, flipchart, kodoskop (proyektor) kabilardir.
Ish sohasiga tegishli asl narsalar, ya’ni mahsulotlar, asboblar va boshqalar dars yoki instruktaj paytida didaktik funksiyaga ega bo’lsa, o’quv vositasi sifatida qo’llanilishi mumkin.
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo’ljallangan guruh, maxsus soha va usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. Va nihoyat amaliyot ukituvchisi o’quv va ko’rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofik va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo’lishi lozim.
O’quv va didaktik materiallarni ishlatishda albatta ularning mavjudligi katta rol uynaydi. Amaliyot o’qituvchisi, shuningdek, KHTBYu o’qituvchisi o’z maxsus sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o’zi yangiliklar qilishi kerakligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo’lishi lozim. Ko’pincha o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proyektor slaydlari kabi vizual vositalarni o’zlari ishlab chiqadilar.
Quyida o’quv va didaktik materiallarni tayyorlash va rivojlantirish uchun ko’rsatmalar beriladi.
Tayyorgarlik natijasida amaliyot o’qituvchisi, shuningdek, KHTBYu o’qituvchisi o’z maxsus sohasini to’liq qamrab oluvchi o’quv va didaktik materiallarga ega bo’ladi.
Buning uchun u ruyxat tuzib borishi kerak.
3. O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash
Dars va instruktaj uchun manba materiali sifatida ishlatadigan vositalarimizni quyidagicha farqlaymiz:
O’quv materiallari - ular amaliyot o’qituvchilari tomonidan darsni ko’rgazmali tarzda o’tkazish va bilim berish uchun qo’llaniladi
Didaktik materiallar - ular o’quvchilar tomonidan o’rganish uchun qo’llaniladi va amaliyot o’qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
Ko’pincha o’quv materiallari bir paytning o’zida didaktik materiallar hamdir. Ular ham o’qitish, ham o’rganish uchun ishlatiladi.
O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, amaliyot o’qituvchisi tomonidan ularning tanlanishi va dars yoki instruktaj maqsadiga moslashtirilishi anglashiladi.
Nashr qilingan vositalar yo’q bo’lsa, u holda ularni amaliyot o’qituvchisining o’zi tayyorlashiga to’g’ri keladi - shunday bo’lsada, amaliyot o’qituvchisi „o’quv va didaktik materiallarning yaratuvchisi“ emasligini inobatga olishimiz kerak, chunki u o’zining ta’lim berish borasidagi kundalik burchini bajarishi lozim. Lekin o’quv va didaktik materiallarsiz u, baribir, yordamga muhtoj bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |