Tarbiya-yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama o‘stirish, uninшg ongini va hulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir


Download 20.42 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi20.42 Kb.
#1290826
Bog'liq
Tarbiya


Tarbiya-yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama o‘stirish, uninшg ongini va hulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiya -bu "Tarbiya-tarbiyachi xohlagan sifatlarini tarbiyalanuvchiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining psixologiyasiga muayyan sura’tda ma’lum bir maqsadga qarata olish va sistemali ta’sir qilishdir... Bu xildagi ta’rif tarbiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani, chunonchi: muayyan dunyoqarash, axloq, ijtimoiy xulq-atvor qoidalarini singdirish, muayyan xarakter va iroda, odat va yaratish, muayyan jismoniy sifat va shuning kabilarni o‘stirish masalalarini o‘z ichiga oladi".
Rivojlanib borayotgan mamlakatimizda tarbiyaning vazifasi-kishini har tomonlama o‘stirish, unda mustaqil fikrlash va xulqni shakillantirish, tarbiya jihatida yetuk bo‘lgan kadrlarni tayyorlashdir. Yosh avlodni tarbiyalash masalalari doimo Davlatimiz diqqat markazida turadi. Mustaqilligimiz rivojlanishining barcha bosqichlarida hukumatimiz yoshlarini chiniqtirish, ahloqiy jixatdan kamolga yetkazish, umuman tarbiyalash sifatini yaxshilashga alohida e’tibor bilan qarab keladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim tug‘risidagi qonun "i da maktablardan "…ham jismoniy, ham aqliy mehnatga, ijtimoiy va davlat hayotining turli sohalarida, fan va madaniyat sohasida aktiv faoliyatga layoqatli bo‘lgan yetuk ongli va yuqori ma’lumotli kishlarni tarbiyalash va tayyorlash…" talab qilinadi. Bu talab tarbiyamizning mohiyatini ifodalaydi. Demak, tarbiya biror maqsadga qaratilgan jarayondir. Har qanday tarbiyachi: o‘qituvchi sinf rahbari, ota-ona o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘ymay turib insonni tarbiyalay olmaydi.Bu bizning ijtimoiy ehtiyojlarimizdan, xalqimizning orzu-umidlaridan, kurashimizning, davlatimizning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqishini ko’rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risidagi qonun"i asosida belgilangan bo‘lib, ular yosh avlodda rivojlangan ong va dunyoqarashni tarkib toptirishdan, Vatanparvarlik va Vatan himoyasiga tayyorlikni, ahloq qoidalariga muvofiq keladigan ahloqiy fazilatlarni tarbiyalashdan, o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishdan, estetik va jismoniy jihatdan tarbiyalashdan, o‘quvchilarni aktiv mexnat va ijtimoiy faoliyatga, ongli kasb tanlashga tayyorlashdan iboratdir.
Tarbiya-shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi.
Tarbiya o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni-o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongi shakillana boradi, his va tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jixatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va hoxishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh ijobiy, xoh salbiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bolaninng shaxsiy tajribasi va extyojlari tashqi ta’sirga munosabatni belgilab beradi va uning xulqida aks etadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. To‘g‘ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbida paydo bo‘layotgan munosabatni turli xil kechinmalarni qanday anglashini, baholashni his qilishini hamda ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganini bilish zarur. Tarbiya jarayonida o‘quvchining onginigina emas, balki his-tug‘ularini ham o‘stirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan ahloqiy talablariga muvofiq keladigan xulq malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga ( ta’lim jarayoni asosida), xissiyotga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda ) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni iroda qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi. Agar o‘quvchini tarbiyalashda bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa, maqqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murakkabdir.
Faoliyat o‘quvchilar jamoasining manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bolalar uning ta’sirini sezibgina qolmay, balki o‘zi ham o‘rtoqlarini tarbiyalashda va o‘z-o‘zini tarbiyalashda ishtirok etadi. Agar jamoaning fikri bolalar hayotida yetakchi kuchga aylanib, har bir o‘quvchinig o‘z hulqi,. xatti-harakati , hayotga munosabati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishilsa, o‘quvchilar o‘qituvchilarning ko‘rsatamalarini bajaruvchi ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi. Ana shu jarayonda bolaning qarashlari, e’tiqodlari, voqea va hodisalarga o‘z nuqtai nazari vujudga keladi va mustahkamlanib boradi. Bular bolaning atrof-muhitning tasiriga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini belgilaydi. Shuning uchun tarbiyaviy jarayonda ongni shakillantirish turli tuman faoliyatni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanib borilsa, bolaning hulqini ong idora qiladi, salbiy tasirning kuchi pasayadi. Tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va xisobga olish muhimdir.
Download 20.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling