Dasturni nasm kompilyatori orqali yig'ish uchun buyruqlar qatoriga quyidagi yoziladi
Download 494.54 Kb. Pdf ko'rish
|
11.2-amaliy
5.8. Dasturni kompilyator orqali yig'ish Dasturni NASM kompilyatori orqali yig'ish uchun buyruqlar qatoriga quyidagi yoziladi 1 : $ nasm f obyektfaylandozasi dastur_fayli_nomi.asm Assembler dasturi joylashgan faylning kengaytmasi asm bo'lishi kerak. Dasturni yig'ish natijasida obyekt fayl vujudga keladi, ammo bu fayl natijaviy bajarilivchi fayl hisoblanmaydi, ya'ni faylni hali ishga tushira olmaymiz. Obyekt faylda mashina tiliga o'girilgan kod bo'lib, bu kod haqiqiy bajarilivchi kod bo'lishi uchun unga yana ba'zi «narsalar» ulanishi kerak bo'ladi. Assembler obyekt fayldagi kodni maxsus andoza bo'yicha yaratiladi. Bunday obyekt fayl andozalari ishlatilayotgan kompilyator va operatsion tizim turiga qarab har xil bo'ladi. NASM hammabop kompilyator bo'lgani uchun andozalarning ko'plab turlari bilan ishlay oladi va unga aynan qaysi andoza bo'yicha obyekt fayl yaratish kerakligi, uning f kaliti bilan beriladi. Quyida eng keng qo'llaniladigan obyekt fayl andozalari keltirilgan. bin Eng oddiy andoza bo'lib, dastur qanday yozilgan bo'lsa, shundayligicha obyekt kodga o'giriladi (unga qo'shimcha hech narsa qo'shilmaydi). Asosan MS-DOS tizimida foydalaniladi. bin obyekt fayllari kengaytmasiz bo'ladi. obj Asosan MASM va TASM assembler kompilyatorlari ishlatadigan Microsoftning OMF andozasi bo'lib, .EXE kengaytmali bajaruvchi fayllarni yaratishda foydalaniladi. obj obyekt fayllari obj kengaytmali bo'ladi. win32 , win64 Microsoftning 32 bitli va 64 bitli dasturlariga mo'ljallangan andozalar bo'lib, hozirda Visual C++ ulovchilari tomonidan keng qo'llaniladi. win32 yoki win64 obyekt fayllari obj kengaytmali bo'ladi. coff DJGPP ulovchisi ishlatadigan andoza. coff (Common Object File Format – Umumiy Obyekt Fayl Andozasi) obyekt fayllari o kengaytmali bo'ladi. Download 494.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling