Dasturni nasm kompilyatori orqali yig'ish uchun buyruqlar qatoriga quyidagi yoziladi
Buyruqlar qatorida NASM buyrug'i kalitlari
Download 494.54 Kb. Pdf ko'rish
|
11.2-amaliy
5.10. Buyruqlar qatorida NASM buyrug'i kalitlari
Nasm kompilyatori ishlash tartibini unga qo'shimcha tarzda kalitlar berib o'zgartirish mumkin. Shu sababdan kalitlarning eng keraklilarini ko'rib chiqamiz. NASM buyrug'i kalitlari: f ANDOZA Bu kalitdan keyin siz NASM yig'uvchisi uchun o'zingiz xohlagan obyekt fayl andozasini berishingiz mumkin. ANDOZA o'rnida quyidagilar bo'lishi mumkin: coff, obj, win32, ... 65 Misol: $ nasm –f coff dastur.asm o OBYEKT FAYL NOMI Ushbu kalitdan so'ng obyekt fayl uchun nom ko'rsatiladi. Bu kalitsiz NASM obyekt faylga o'zi nom beradi, ya'ni berilgan dastur fayli nomi bilan f kalitiga qarab mos kengaytmali obyekt fayl yaratadi. Masalalan, dastur.asm faylidan dastur.o ismli obyekt fayl yaratiladi. Agar obyekt fayl nomi, masalalan, natija.o bo'lishini istasangiz quyidagi buyruq orqali dasturni yig'asiz: $ nasm –f obj dastur.asm o natija.obj a Preprotsessor ishga tushirilmagan holda dastur yig'iladi («Makro vositalar» bobiga qarang). NASMga bu kalit berilganda hech qaysi makro ishlamaydi. Agar biz birinchi dasturimizni ushbu kalitni qo'llagan holda yig'sak, chop_et, qabul_qil makro vositalar ishlamaydi. e Dasturni faqat preprotsessordan o'tkazish va natijani ekranga chiqarish (hech qanday dasturni yig'ish amalga oshirilmaydi va obyekt fayl yaratilmaydi). Agar birinchi dasturimizni NASMga shu kalit bilan bersak, ekranda o'zimiz tuzgan dasturni ko'ramiz. Faqat makro vositalar o'rnida preprotsessor ularni nimalarga almashtirganini ko'rishimiz mumkin. E FAYL NOMI Yig'ish chog'ida kelib chiqadigan xatolar ro'yxati ekranga emas, balki berilgan faylga yoziladi. Bu kalit yuzaga kelgan xatolarni keyinchalik ham tahlil qilishda qo'l kelishi mumkin. Download 494.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling