Dasturni ochish
Download 23.68 Kb.
|
23-amaliy mashg'ulot
23-MAVZU. CORELDRAW, AUTOCAD, PONARAMA, ARCGIS, SKETCHUP, PHOTOSHOP CorelDRAW – matnlarni qayta ishlash bilan bog‘liq kengaytirilgan imkoniyatlarga ega vektor grafikasi dasturi hisoblanadi. CorelDRAW dasturining asosiy funksiyalarini nisbatan tez va samarali o‘zlashtirib olish uchun Microsoft Windows (CorelDRAW ushbu operatsion muhitda ishlaydi) bilan batafsil tanishib olish talab qilinadi, shuningdek Windows ilovalarini ochish va yopishni o‘rganish, sichqonchadan foydalanishni o‘zlashtirish talab etiladi. I. CorelDRAW foydalanuvchi interfeysi (ekran va asosiy qurollar) №1-mashq. Dasturlarning ishchi muloqot darchasi Dasturni ochish. Tarkibida CorelDRAW ekranining asosiy komponentlari joylashgan, 1-rasmda keltirilgan ish stolini o‘rganish. Xujjatlar darchasi Ekranning katta qismini hujjatlar darchasi egallaydi. Markaziy qismda joylashgan soyali to‘g‘ri to‘rtburchak nashr qilinuvchi sahifaga to‘g‘ri keladi. Odatda bunda nashr sahifasi ichida joylashgan hujjatning faqat bir qismi nashr qilinadi. Rang palitrasi CorelDRAW dasturi rang palitrasi kontur va chegaralar ranglarini tanlash uchun mo‘ljallangan. Tinch turgan holatda rang palitrasi tarkibida bitta qator mavjud bo‘lib, ekranning quyi qismiga joylashtirilgan. Palitra tarkibida aks etuvchi ranglar yig‘indisi tanlangan rang modeli bo‘yicha aks etadi. Rang modellari haqidagi batafsil ma’lumotlar uslubiy qo‘llanmaning ikkinchi bo‘limida keltirilgan. Asosiy menyu Asosiy menyu ekranning yuqorigi qismida, darcha nomi tagida joylashgan. Uning tarkibi quyi darajada joylashgan menyu nomlaridan tashkil topgan. Agar tegishli menyu nomi sichqoncha tugmachasi keltirilib bosilsa, u holda ekranda CorelDRAW dasturining turli xil funksiyalariga kirishni amalga oshiruvchi buyruqlar ro‘yxati xosil bo‘ladi. Qurollar paneli Asosiy qurollar paneli Bu yerda tugmachalar ko‘rinishida nisbatan ko‘p qo‘llaniluvchi buyruqlar aks ettirilgan. Buruqning nomi kursorni tegishli tugmacha ustiga olib kelgan holatda (bosilmagan holatda) «tebranib turuvchi izohlovchi darcha»da xosil bo‘ladi. Grafiklar paneli Grafiklar paneli CorelDRAW qurollariga tezkor kirishni ta’minlaydi. Quyida qurollarning nomlari va ularning qo‘llanilish keltirilgan. Grafik panelida ayrim tugmachalarda ko‘rsatilgan qora strelkalar (quyi o‘ng burchakda) bu yerda bir nechta qurollar mavjudligini anglatadi. Ularga kirish uchun strelkani bosish va paydo bo‘lgan ro‘yhatdan tegishli qurolni tanlash talab qilinadi. Tanlash – o‘zgartirishlar uchun obyektlarni tanlashni ta’minlaydi. Shakl – obyekt tugunlarini tahrirlashga mo‘ljallangan. U ochilganda «Ustara» va «O‘chirg‘ich» qurollariga kirish amalga oshiriladi. Masshtab – ko‘rilayotgan hujjatning o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun foydalaniladi. U ochilganda «Aylantirish» quroliga kiriladi. Egri chiziq – chiziqlarni chizish, egri chiziq va super chiziqlarni chizishga mo‘ljallangan. U ochilganda «Egri Chiziq» quroliga kiriladi. Vertikal o‘lcham – vertikal o‘lchamlarni kiritishni ta’minlaydi. Ushbu tugmacha ochilganda «Gorizontal o‘lcham», «Qiyalik o‘lchami», «Chiqish chiziqlari», «Burchak o‘lchami» va «Bog‘lovchi chiziqlar» qurollariga kiriladi. To‘g‘ri to‘rtburchak – to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratlarni chizishni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Ellips – ellips va doira chizishni ta’minlaydi. Ko‘p burchak – ko‘pburchaklarni, yulduzlarni tasvirlashga mo‘ljallangan. U ochilganda «Spiral» va «Katakchalar» qurollariga kirish amalga oshiriladi. Figurali matn – shaklli matnni kiritishda foydalaniladi. U ochilganda «Oddiy matn» quroliga kirish amalga oshiriladi. Kontur – obyektlar konturlarini o‘zgartirishni ta’minlaydi. Chegaralar – obyekt chegaralarini belgilash amalga oshiriladi. «Masshtab» paneli. Uning tarkibida ekran tarkibi masshtablarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurollar joylashgan. 2-bo‘limga qarang. Kontekst menyu Obyektning kontekst menyusi ushbu tugmacha ustida sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish orqali chaqiriladi. Kontekst menyu tarkibida mavjud bo‘lgan buyruqlar jamlamasi qanday element tanlanganligi va qanday quroldan foydalanilishi va boshqa shu kabi holatlarga bog‘liq hisoblanadi, ya’ni tanlangan obyekt tipi va uning xususiyatlari bo‘yicha aniqlanadi, biroq ko‘pgina holatlarda uning tarkibida quyidagi buyruqlar joylashadi: Bu nima? Ekranning hohlagan elementi haqidagi ma’lumotlarni chiqarish, masalan darcha xususiyatlari elementi, muloqot yoki izohlovchi darcha xususiyatlari tavsiflanadi. Xususiyat. Bu tanlangan obyektning xususiyatlari darchasi hisoblanadi. Xususiyat darchasi obyekt xususiyatlarini ko‘rish va ularni o‘zgartirishni ta’minlaydi. Holat qatori Holat qatori tarkibida ajratilgan obyekt yoki buyruq haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Tinch holatda holat qatori ekranning quyi qismida rang palitrasi ustida joylashadi. Hohishga ko‘ra holat qatorini ekranning yuqorigi qismiga o‘rnatish mumkin. Bundan tashqari, holat qatori tarkibida faqat bitta qatorni qoldirish yoki uni umuman olib tashlash imkoniyati mavjud hisoblanadi. Holat qatori ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun kontekst menyusidan foydalaniladi. Uni chiqarish uchun holat qatori ustida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi. Auto CAD tizimi haqida umumiy ma’lumotlar. Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo‘lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari uchun qulay bo‘lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi. Auto CAD - AQSH Autodesk kompaniyasining avtomatik loyihalash paketi bo‘lib, kompyuterli modellashtirish va loyihalash ishlarini sifatli bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez va malakali, yuqori darajali aniqlikda ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog„ozga chiqarish imkoniyatini beradigan tizimdir. Auto CAD dasturi 1982 yilda yaratilgan bo‘lib, u dastlab faqat MS DOS tizimi uchun ishlab chiqilgan edi. 2000 yildan boshlab grafik yasashlarni avtomatlashtirish asosida loyihalash dasturlari mukammal yaratila boshlandi va hozirgi vaqtda Autodesk kompaniyasi Auto CAD tizimini faqat Microsoft Windows uchun ishlab chiqmoqda. Loyihalash ishlarini avtomatlashtirish deganda nimani tushunish kerak? Avvalo grafik yasashlarni grafik dasturlarning imkoniyatlari asosida avtomatik aniq bajarish tushuniladi. Zamonaviy Auto CAD (Auto Computer-Aided Design - kompyuter yordamida avtomatik loyihalash) tizimi interfeysi kompyuterning eng zamonaviy vositalari va texnologiyalarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratilganligi bois chizma va sxemalarni, loyihalash masalalarini yuqori sifatda bajarilishini kafolatlaydi. Auto CAD dasturining yaratilganligiga 25 yildan oshgan bo‘lsada, avtomatik loyihalash dasturlari orasida hanuzgacha yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Chunki Auto CAD dasturi mukammal va ommabop dastur bo‘lib, u har qanday turdagi sxema va chizmalarni yaratishni yuqori aniqlikda va sifatli bajaradi. Shuningdek, mazkur dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli, millionlab mutaxassislar, olimlar, muhandis - texniklar va talabalar loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sohalarida Auto CAD tizimidan foydalanishlari ommalashib bormoqda. Dasturni o‘rnatish uchun, qaysi model bo‘lishidan qat’iy nazar zarur Ushbu ma’ruzada loyihalash ishlarini avtomatlashtirishning grafik dasturi Auto CAD tizimining imkoniyatlari bilan tanishib chiqamiz. Panorama 360 darajali panorama (stereografik proyeksiyali) Panorama (yun. πᾶν „barcha“ + ὅραμα „koʻrinish“) deb keng burchakdan koʻrinishli har qanday tasvirga aytiladi. Atamani XVIII asrda yashab, ijod qilgan irland musavviri Robert Barker yaratgan. U oʻzi chizgan Edinburg va London keng rasmlarini panorama deb atagan. Panorama (pan... va yun. horama— koʻrinish) — tasviriy sanʼat turi; aylana tarxli zal devoriga gorizontal qoplab ishlangan kartina. Illyuziya yordamida voqeani jonli gavdalantirish maqsadida kartina oldiga butafor va real narsalar (binolar, joylar, turli maketlar, kishilar, hayvonlar, narsalarning shakllari) joylashtiriladi. Panorama sunʼiy yoritishga moʻljallanadi. Tomoshabinlar Panoramani zal markazidagi maxsus maydonchadan koʻradilar. Dastlabki Panorama 18-asr oxirida (irland rassomi R.Barker tomonidan) yaratilgan, 19-asrdan keng tarqalgan, batal janridagi Panorama ommalashgan. Geoaxborot tizimining tarixi Birinchi marta geoaxborot tizimi tushunchasi 1960-yillar o’rtasida Kanada davlatida paydo bo’lib, Kanada Geografik Informatsiya Tizimi (Canadian Geographic Information System CGIS) deb atalgan. Geoaxborot tizimi boshqa adabiyotlarda to’liq nom bilan geografik axborot tizimi yoki qisqacha GAT1 deb ham yuritiladi. Tizimning asosiy maqsadi Kanada yer resurslarining inventarizatsiyasini o’tkazish va shu asosida yer resurslarini mavjud holati va keljakdagi potentsialini aniqlashdan iborat edi. Hozirda rivojlangan davlatlarda GAT ko’pgina ijtimoiy sohalarda, iqtisodda, siyosatda, ekologiyada, tabiiy resurslarni boshqarish va tabiatni muxofaza qilishda, kadastrda, ilm-fan va boshqa sohalarda qo’llanilib kelmoqda. GAT bizning sayoramizga tegishli global, hududiy, milliy, lokal-axborot turlari: kartografiya, distantsion zondlash, statistika, kadastr ma’lumotlari, gidrometeorologik ma’lumotlar, dala ekspeditsion materiallarini kuzatish, burg’ulash natijalari, suv ostini zondlash va xokazolarni integralashtirgan holda hamma jabxalarni egallab kelmoqda. GAT ni kengroq rivojlantirishda xalqaro asossatsiyalar (BMT, EX, va b.), katta-katta davlat uyushmalari, vazirliklar, kartografiya, geologik va yer tuzish xizmatlari, shaxsiy firmalar va ilmiy institutlar qatnashmoqdalar. Ko’plab davlatlarda maxsus milliy va viloyat miqyosidagi organlar tuzilgan bo’lib, ularning vazifalariga: Geoaxborot tizimi va avtomatlashtirilgan kartografiya, davlat harbiy siyosatini geoinformatikada formallashtirish, milliy rejalashtirish, huquqiy muammolarni o’z ichiga olgan geografik axborotlarni sir saqlagan holda yig’ish va tarqatish va boshqa vazifalar kiradi. O’zbekistonda 1991-92 yillarda O’zdavgeologqo’mita fondi tomonidan Markaziy Qizilqumning 1:50000 masshtabli kartografik ma’lumotlar bazasini yaratishni o’z ichiga olgan geoaxborot tizimi tuzilgan edi. 1996-99 yillarda ―GGP-Kiziltepageologiya‖ ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shaxri uchun 1:25000 masshtabda, Fargona vodiysi uchun 1:200000 mashtabda va O’zbekiston uchun 1:1000000 masshtabli raqamli kartalar Geo-Ekologik GAT-proekti uchun tuzildi. 1997-98 yillarda O’zbekistonning 1:1000000 va Toshkentning 1:25000 masshtabli raqamli kartalari tuzildi. Hozirgi kunga kelib Toshkent shaxrining 1:2000 masshtabli raqamli kartalari MAGK2 korxonasi tomonidan to’liq tuzilib bo’lindi. MAGK va Korea Respublikasining KOICA agentligi o’rtasida ―O’zbekiston Respublikasida geoaxborot tizimi tuzish‖ loyihasi 2006 yil avgust oyidan boshlab ishga tushdi. Bu loyihada Toshkent shaxri va Toshkent viloyati bo’yicha GAT tizimi va ma’lumotlar bazasini tuzish kelishilgan. Albatta geoaxborot tizimini tuzish juda ham katta mablag’ va kuch talab etadi. Bunda esa imtiyozli xalqaro kreditlarning o’rni katta. TASHGTI da Toshkent shaxrining qisman Geoaxborot tizimi asosidagi raqamli kartasi tuzilgan. SketchUp
1999 yilda Last Software uch o'lchovli grafikalarni tahrirlash va mos rasmlarni yaratish uchun dasturni faol ishlab chiqishni boshladi. Qattiq mehnat natijasida SketchUp deb nomlangan loyihaning o'ziga xos innovatori paydo bo'ldi. U butun dunyo bo'ylab faol ravishda shuhrat qozonishni boshladi va bu muvaffaqiyatni payqab, Google dasturchini o'ziga singdirishga qaror qildi va uni 2006 yilda amalga oshirdi. Biroq, olti yildan so'ng, uch o'lchamli ob'ektlarni virtual qurish bo'yicha hali ham muvaffaqiyatli bo'lgan loyiha Trimblega sotildi. Dastlab uch o'lchovli ob'ektlarni modellashtirish uchun yozilgan dastur muhandislik kasblari mutaxassislari, ishlab chiquvchilar, dizaynerlar va arxitektorlar orasida alohida shuhrat qozondi. O'rnatilgan potentsial va imkoniyatlar dasturga jismoniy dunyoga uch o'lchovli shakl berish, uni yanada ifodali va kirishga imkon beradi. Google SketchUp-ning asosiy xususiyatlari Hatto yangi boshlanuvchilar uchun ham qulay va intuitiv interfeys. Uchta samolyotda uzoq vaqt davomida tanish bo'lgan eng zarur vositalar (o'lchagich, qalam, protraktor, silgi). Raster va vektorli grafikalarni import qilish va eksport qilish imkoniyati (3ds, dwg, ddf, jpg, png, bmp, psd). Siz ko'plab plaginlar yordamida dasturning funktsional imkoniyatlarini kengaytirishingiz mumkin. Komponentlar, materiallar va uslublarning doimiy ravishda yangilanib turadigan kutubxonalari. Google Earth-ga to'liq mos keladi. Boshqa foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqilgan ko'plab tayyor skriptlarni yuklash va ishlatish funktsiyasi. Google SketchUp - bu foydalanish uchun qulay dastur bo'lib, sizga turar-joy binolari, angarlar, garajlar, tomlar, uylarga turli xil kengaytmalar va hatto kosmik kemalarning 3D modellarini yaratishni o'rganishga yordam beradi. SketchUp yordamida siz ma'lumotlarni osongina qo'shishingiz, modellaringizning to'qimalarini, o'lchamlarini, sanoat ob'ektlarini juda aniqlik bilan o'zgartirishingiz, shuningdek, Google Earth xizmatida tayyor modellarni joylashtirishingiz, ularni 3D Warehouse veb-saytiga yoki nusxalarini chop etish orqali boshqalarga ulashishingiz mumkin. Google SketchUp - bu sizning 3D modellashtirishni yoqtirishingizni bilishning ajoyib usuli. SketchUp quyidagi vositalarni o'z ichiga oladi: chizma va geometrik modellashtirish: Poligon (Polygon), FollowMe (oddiy va murakkab shakllarni yaratish vositasi - doiralar, kvadratchalar, ofset (ob'ektning mutanosib qisqartirilgan nusxalarini yaratish vositasi) va Model bilan kesishish); dizayn: o'lcham, lenta o'lchovi, protraktor, qism bo'limi, qatlamlar, maydon va uzunlikni hisoblash. SketchUp sizga quyidagilarga imkon beradi: geometrik shakllarni chizish, tahrirlash, o'lchash, aylantirish va o'lchash; 3D modelini ichki qismlarni ko'rish va tugatish uchun qismlarga ajratish; tayyor to'qimalarni modelga qo'llang yoki yangisini yarating; o'zingizning modelingizga daraxtlar, avtomobillar, derazalar, eshiklar, odamlar kabi tayyor qismlarni qo'shing yoki yangisini yarating; real vaqt rejimida dunyoning istalgan nuqtasi uchun ob'ektlarning soyalarini taqlid qilish; kameralarni joylashtirishni taqlid qilish; veb-sayohat qilish; ekskursiyalar yaratish - taqdimotlar; ikki o'lchovli grafik fayllarni (. JPG, PNG. TIF. TGA. BMP) 3D modellarga (0,3 DS. DDF. DWG. DXF. UPC) eksport qilish; modellaringizning ikki o'lchovli rasmlarini eksport qilish (. JPG, BMP, PNG, TIF); modellarning rasmlarini chop etish; SketchUp - bu professional dizaynerlar uchun 3D modellashtirish vositasi: SketchUp-ning professional versiyasi professional dizaynerlarga murakkab dizayn ob'ektlarini ishlab chiqish va tahlil qilish imkoniyatini beradi. Adobe Photoshop Adobe Photoshop — Adobe Systems firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatilyotgan ko'pfunksiyali grafik redaktor. Asosan rastorli tasvirlar bilan ishlashga mo'ljallangan, biroq bir nechta vektorli vositalariga ega. Dastur Adobe firmasi mahsuloti sifatida mashxur va rastorli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng oldi brendi hisoblanadi. Hozirda Photoshop macOS, Windows platformalariga, iOS, Windows Phone va Android mobil tizimlariga moslashtirilgan. Yana Windows 8 va 8.1 uchun Photoshop Express versiyasi ham mavjud. Adobe Photoshop tasvirlarni tahrirlashdagi proffesional redaktor hisoblanadi. Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, «Adobe» kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur bo'lgan «Photoshop — 1.0» muallifini e'lon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, «kompyuter grafikasi» sohasi bo'yicha eng oldingi o'rinda turibdi va mustaqil dastur bo'lib ajraldi. Biz foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari bo'lgan. Hozir 41 ta muallifi e'lon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan. Ularning otasi fotograf bo'lib, ular yerto'lada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini o'rgandi. Jonn esa eski «Apple» da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining ko'pligi shu dasturni tuzishga sabab bo'ldi— Adobe Systems firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatilyotgan ko'pfunksiyali grafik redaktor. Asosan rastorli tasvirlar bilan ishlashga mo'ljallangan, biroq bir nechta vektorli vositalariga ega. Dastur Adobe firmasi mahsuloti sifatida mashxur va rastorli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng oldi brendi hisoblanadi. Hozirda Photoshop macOS, Windows platformalariga, iOS, Windows Phone va Android mobil tizimlariga moslashtirilgan. Yana Windows 8 va 8.1 uchun Photoshop Express versiyasi ham mavjud. Adobe Photoshop tasvirlarni tahrirlashdagi proffesional redaktor hisoblanadi. Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, «Adobe» kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur bo'lgan «Photoshop — 1.0» muallifini e'lon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, «kompyuter grafikasi» sohasi bo'yicha eng oldingi o'rinda turibdi va mustaqil dastur bo'lib ajraldi. Biz foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari bo'lgan. Hozir 41 ta muallifi e'lon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan. Ularning otasi fotograf bo'lib, ular yerto'lada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini o'rgandi. Jonn esa eski «Apple» da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining ko'pligi shu dasturni tuzishga sabab bo'ldi. 1987-yilgacha Jonn Noll «Lucasfilm» firmasining Industrial Light and Magic (ILM) bo'limida «Stars Wars» ga maxsus effektlar tayyorlashda ishlar edi. Tomass bu vaqtda «Tasvirlar bilan ishlash» to'g'risidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Tomassning Apple Mac plus monitorli kompyuteri «Grayscale Images» tasvirini namoyon qilmadi. Tomass vaziyatni o'zgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi. Qizig'i shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan shug'ullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini ko'rgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Birinchi versiya 1987-yil Michigan universiteti talabasi Tomas Noll tomonidan Macintosh platformasi uchun yaratilgan. Jon o'zining «Kompyuter grafikasi asoslari» kitobida shunday yozadi:«Men Tomas ishlarining natijasini ko'rganimda, Pixar studiyasidagi tasvirlarni qayta ishlash dasturiga o'xshashligini ko'rib hayron qoldim». O'shandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display dasturini tuzdik. Oradan ko'p vaqt o'tmay Jon yangi sotib olgan rangli ekranli Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini ko'chirishni taklif qildi. Jon display dasturida ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil formatlarda saqlash va boshqalarni o'ylab topdi. Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalg'itdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt o'tmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini o'ylab topdi va ishlov berish asboblar to'plamini tuzdi. Keyinchalik bular «Plug-ins» deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va to'yinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam bo'ldi. O'sha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda bo'lgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da bo'lgan. 1988-yilda Tomas «Display»ning nomini «ImagePro» deb o'zgartirdi. Dastur o'sha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni o'ylar edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas o'z dissertatsiyasini tugatmagan, to'liq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga o'xshash dasturlarni analiz qilishib, o'z dasturlari "Image Pro" ni boshqalardan oldinga o'tib ketganligini aniqlashdi. Download 23.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling