Dasturning mazmuni


Ma’muriy ishni sud yoki boshqa vakolatli organga yuborish tartiblari


Download 1.98 Mb.
bet49/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Ma’muriy ishni sud yoki boshqa vakolatli organga yuborish tartiblari.

MJTKning 245-moddasiga ko’ra shaxs huquqbuzarlik faktini inkor etsa yoki bir necha ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan bo’lib, shulardan birortasining sudga taalluqliligi aniqlangan taqdirda hujjatlar sud ixtiyoriga yuboriladi.

Ma’muriy ishni sud yoki boshqa vakolatli organga yuborish haqidagi aloqa xati davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan imzolanadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida»gi Nizomning 12-bandiga ko’ra mol-mulkni olib qo’yish to’g’risidagi materiallar (mol-mulkni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnoma, mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, mol-mulkning iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan ekspertning xulosasi, mol-mulkni baholash to’g’risidagi xulosa yoki mol-mulkni baholash to’g’risidagi dalolatnoma, eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng bo’lgan summadagi mol-mulk bo’yicha qo’shimcha ravishda suratga olish materiallari, mavjud bo’lganda esa videosuratga olish materiallari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga o’tkazish yoki uni yo’q qilib tashlash to’g’risida qaror qabul qilgan tegishli sudga yoki organga (mansabdor shaxsga) yuboriladi.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling