Dasturning mazmuni


V-semestr bo’yicha jami: 40 soat: shundan nazariy-23, amaliy-9, seminar-8


Download 1.98 Mb.
bet2/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

V-semestr bo’yicha jami: 40 soat: shundan nazariy-23, amaliy-9, seminar-8

Fan bo’yicha hammasi: 100 soat: shundan nazariy-60, amaliy-20, seminar-20


1- MAVZU: MA’MURIY AMALIYOT FANINING TUSHUNCHASI VA PREDMETI TAMOYILLARI.
REJA:

  1. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining tushunchasi va predmeti.

  2. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining tarkibiy mazmuni.


1.Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining tushunchasi va predmeti.

Respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar - mulkiy munosabatlar, tashqi iqtisodiy, moliya-kredit tizimi va ijtimoiy sohalarda tub o’zgarishlarni yuzaga keltirdi.

Bu islohatlar orasida soliq tizimini isloh qilish alohida rol o’ynaydi. Chunki, jamiyatni barcha sohalari faoliyati ulfrga berilayotgan soliq imtiyozlari va preferensiyalariga bevosita bog’liqdir, vaholanki, soliq imtiyozlarini samarali ishlash mexanizmi o’z navbatida boshqa sohalarga bevosita ta’sir etadiki, bu soliq yukining jamiyat iqtisodiy tizimidagi o’rni naqadar yuqori ekanligini ko’rsatadi. Lekin tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlarning haddan tashqari ortib ketishi ularning boqimandalik kayfiyatini yuzaga keltiradi.

“Kichik biznes subyektlari tomonidan statistik va soliq hisobotlarini taqdim etish mexanizmlari sezilarli darajada soddalashtirildi. Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarining 98 foizi soliq va statistika hisobotlari topshirishni, bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni eski usuldagi qog’oz to’ldirish yo’li bilan emas, balki bevosita – elektron shaklda amalga oshirmoqda. 

Investorlarga keng soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilgan «Angren» maxsus industrial zonasi, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Jizzax» maxsus industrial zonasining tashkil etilgani yuqori texnologiyalarga asoslangan korxonalarni rivojlantirish imkonini kengaytirdi. Ushbu zonalar uchun zarur tashqi muhandislik va transport infratuzilmasi to’liq respublikamiz mablag’lari hisobidan barpo etilmoqda.

Mamlakatimiz 2014 yilda biznesni yuritish sharoiti bo’yicha reytingda 8 pog’onaga, soliqqa tortish borasida esa 61 pog’ona yuqoriga ko’tarildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining bahosiga ko’ra, O’zbekiston so’nggi yilda biznes yuritishni yengillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar bo’yicha yetakchi o’nta mamlakat qatoridan joy oldi.”1 - degan edi, - prezidentimiz I.A.Karimov.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy manbai hisoblanadi. Demak, davlat budjeti daromadlarini tashkil qiluvchi soliqlarning to’liq va o’z vaqtida undirilishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun barcha davlatlar qatori mavlakatmizda ham soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’liq, to’g’ri va o’z vaqtida budjetga undirilishini nazorat qilish tizimi yaratilgan.

Yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari har tomonlama chuqur va puxta o’ylangan izchil soliq va pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi. Ushbu siyosat, avvalambor, iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida uning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratiladi. 

 Birinchi navbatda amalga oshiriladigan vazifalar qatoriga daromad solig’i stavkasini 7,5 foizga kamaytirish kiradi. Shu bilan birga, qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi, sanoat korxonalarida bo’lganidek, 6 foizdan 5 foizga tushiriladi. 

O’tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig’i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo’lsa-da, davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.2

Bu fan davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’lovchilarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini soliq qonunchiligiga rioya etish nuqtai nazardan nazorat qilishning huquqiy, uslubiy va tashkiliy asoslarini o’rganadi. Ma’lumki soliq to’lovchilar davlat budjetiga to’laydigan soliqlarini mustaqil ravishda xisoblab, belgilangan muddatda va miqdorda amalga oshirishlari lozim. Davlat soliq to’lovchilarga soliqlarning fiskal majburiyatidan kelib chiqqan xolda shunday qat’iy talabni qonun normalari sifatida belgilab qo’ygan.

Soliq nazorati qanchalik qat’iy bo’lsa va tekshiruvlar natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo’yicha chora ko’rish muqarrarligi to’liq ta’minlansa davlat budjeti manfaatlari xar tomonlama muxofaza qilingan va budjet daromadlarining shakllanishi kafolatlangan bo’ladi.

Shu nuqtai nazardan soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat ishlarining huquqiy masalalari, nazoratni tashkil qilishning uslubiy yo’nalishlari, nazorat natijalarini rasmiylashtirish va soliq qonunchiligiga rioya etishda qonunbuzarlikka yo’l qo’ygan soliq to’lovchilarga chora ko’rish tartiblarini o’rganish bu fanning izlanish predmeti xisoblanadi.

Farg’ona soliq kollejini bitirgan o’quvchi soliq organlarining funksiyaviy bo’limlarida ya’ni soliq nazorati bilan bog’liq xizmat vazifalarini bajarishga mo’ljallangan. Shuning uchun ma’muriy amaliyotni tashkil etish fani aynan shu talabga javob beruvchi mutaxassis kadrlar tayyorlashga xizmat qilishga qaratilgan.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling