Dasturning mazmuni
- MAVZU: MA’MURIY AMALIYOT FANINING TIZIMI VA MANBALARI
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining tizimi va vazifalari.
2- MAVZU: MA’MURIY AMALIYOT FANINING TIZIMI VA MANBALARI.
REJA: Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining tizimi va vazifalari. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining davlat soliq xizmati organlari uchun mutaxassislar tayyorlashdagi o’rni va roli. 1. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining tizimi va vazifalari. Soliq sohasidagi huquq buzilishlariga qarshi nazariy masalalarini, soliq bilan bog’liq huquqiy munosabatlarni tizimga solish, takomillashtirish va umumlashtirilgan bilimlarni tadqiq etish ma’muriy amaliyotni tashkil etishning muhim vazifalaridandir. Rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida soliqlar nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy zarurat, balki davlat boshqaruvi mexanizmining faoliyatini ta’minlovchi asosiiy bo’g’in hisoblanadi. Shu bois ma’muriy amaliyotni tashkil etishni chuqur tahliliy o’rganish, mukammal bilimlarga ega bo’lish nafaqat maxsus davlat xizmati xodimlari uchun balki soliq huquqiy munosabatlari subyektlari hisoblangan har bir fuqaro uchun ham zarur ahamiyatga ega hisoblanadi. Jamiyatda asosiy muhim huquqiy-iqtisodiy tushunchalardan biri soliq institutlarining yuzaga kelishi davlat va bozor infratuzilmasi mavjudligi hamda ularning faoliyati bilan bog’liq obyektiv zaruriyatning mahsulidir. Ma’muriy amaliyotni tashkil etishning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyatning demokratlashuvi, huquqiy davlat g’oyasi bilan bevosita bog’liqdir. Soliq solish huquqiy tabiati jihatidan ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish bilan davlat o’rtasidagi mulkiy munosabatlarni huqiy tartibga solish, jamiyat barqarorligini, tinchligi va havfsizligini ta’minlash, ularni muayyan doiraga tartibga solib borish chora-tadbiridir. Ma’muriy amaliyotni tashkil etishning asosiy vazifalaridan biri jamiyatda mulkchilik munosabatlarini huquqiy tartibga solish, davlatning noqonuniy va cheklanmagan da’vo, talablaridan muhofaza qilish, soliq to’lovchilar bilan davlat manfaatlari o’rtasidagi muvozanatini ta’minlab turishdan iborat. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish soliq sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu yo’nalishdagi huquqiy madaniyatni yuksaltirish, soliq qonun hujjatlarini tahlil qilgan holda umumnazariy bilimlarni o’quvchiga yetkzish, soliq sohasidagi munozarali masalalarnining qonuniy yechimlarini topishga va soliq qonun hujjatlarini takomillashtirish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanini nazariy jihatdan o’zining tadqiqot va o’rganilish obyektiga ko’ra shartli ravishda ikki bo’limga ajratish mumkin. Lekin bu tartibda tizimlarga ajritish Soliq kodeksining joylashuv tartibiga ya’ni kodeks tizimiga to’la mos kelmasligi ham mumkin. Quyida mazkur nazariyotchi olimlar xulosalari asosida Ma’muriy amaliyotni tashkil etishning umumnazariy tushunchalarini shartli ravishda ikki tizimga ajratish mumkin. Birinchi bo’limda ma’muriy amaliyotni tashkil etish bilan bog’liq umumnazariy umumiy qoidalar, ya’ni ma’muriy amaliyotni tashkil etishgi doir asosiy tushunchalar va ularning tizimi, soliq solish tamoyillari, soliq munosabatlari subyektlarining asosiy huquq va majburiyatlari, majburiyatlarni bajarish bilan bog’liq umumiy qoidalar, davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari, soliq munosabatlarining shakllanishi hamda soliq huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi yuridik manbalar tavsifi va turlarini soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularga nisbatan yuridik javobgarlik tartibi va turlari, DSIlaning ma’muriy amaliyotni tashkil etish sho’balarining asosaiy vazifalarini o’z ichiga qamrab oladi. Ikkinchi bo’limda soliq huquqiy munosabatlari tushunchasi, ularning ishtirokchilari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning soliqqa tortilishi bilan bog’liq munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi, soliq sohasidagi qonun buzilishlariga nisbatan ma’muriy amaliyotni tashkil etilishi, soliq tizimidagi davlat boshqaruv va nazorat organlari tizimi, ularning vakolatlari va majburiyatlari, soliq sohasidagi davlat boshqaruv va nazorat organlari faoliyatining huquqiy asoslari va ma’muriy huquqiy maqomi kabilarni qamrab oladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, iqisodiy huquqiy sohada yangicha yo’nalish soliq siyosatini tashkil etish muhim vazifalardan biri bo’lib qoldi. Istiqlol yillari boshida soliqqa oid qonunlarning qabul qilinishi bilan bog’liq jarayonlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ko’zda tutuvchi soliq siyosatidagi islohotlarning dastlabki bosqichi boshlandi, u bozor iqtisodiyotiga o’tish hamda bozor munosabatlari va pul muomalasini me’yorlashtirishni ta’minlovchi umumdavlat dasturining tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ldi. Dastlabki yillar davomida soliqlarni undirish amaliyoti va tizimi o’zining kamchiliklarini ham namoyon etdi, natijada soliq tizimi o’zgarishlarni, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o’rganishni talab qildi. Bunday iqtisodiy-huquqiy islohotlar konsepsiyasi amaldagi soliq tizimini tubdan qayta qurishdan emas, balki uni asta-sekinlik bilan mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda bosqichma-bosqich o’zgartirib borishdan iborat bo’ldi. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanini o’rganish jarayonida soliqlarga iqtisodiy jihatdangina emas, balki yuridik jihatdan yoritish va tahlil qila olish, huquqiy asoslab berish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur o’quv fanining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim: Birinchidan, ma’muriy amaliyotni tashkil etish fani soliq to’lovchilar bilan soliq organlarining o’zaro munosabatlarini vujudga kelishi, rivojlanishi, yuridik ta’rifi hamda o’ziga xos xususiyatlari, ma’muriy amaliyotni tashkil etishning huquqiy asoslari kabi nazariy bilimlarni o’quvchilarga keng yoritib berish; Ikkinchidan, ma’muriy amaliyotni tashkil etishning nazariy asoslarini, ma’muriy amaliyot ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini, soliq solish sohasidagi davlat boshqaruv organlari va ularning vakolat va vazifalarini, soliq yo’nalishidagi umumiy va maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarining huquq va majburiyatlarini, ularning vakolatlari hamda milliy qonunchiligimizdagi yangiliklarni o’rgatish; Uchinchidan, iqtisodiyotni, jamiyat taraqqiyot yo’nalishlarini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlarini, soliqlar tizimini, soliqqa tortishdagi ayrim o’ziga xos xususiyatlar, soliq qonunchiligini buzganlar uchun qo’llaniladigan jazo choralari haqida tushuntirishlar berish; To’rtinchidan, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning davlat, jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini ko’rsatish hamda fuqarolarning soliq sohasidagi huquqiy bilimlari va madaniyatini yuksaltirishdan iborat.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling