Reja: Vakolat va uning zarurati


Download 68.5 Kb.
bet1/5
Sana02.10.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1690640
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshqaruv vakolati


Boshqaruv vakolatlari
Reja:


1. Vakolat va uning zarurati.
2. Boshqaruv vakolatlarining turlari.
3. Murosaga keltiruvchi apparatlarning mohiyati.
Tayanch so’z va iboralar:
Vakolat. Vakolatnoma. Vakolatxona. Umumiy va funksional ma’suliyat. Boshqaruv vakolatlarining turlari. Maslahat beruvchi apparat.
1. Vakolat va uning zarurati
O’zbek tilining izohli lo’g’atida vakolat tushunchasi quyidagicha berilgan:
* Vakolat -bu biror shaxs, muassasa, tashkilot, davlat va shu kabilar nomidan ish qilish uchun berilgan huquq. Masalan, xalq noyibi o’zining yuksak vakolatini saylovchilardan oladi.
* Vakolat -vakolati bor, vakillik huquqiga ega bo’lgan sub’ekt. Masalan, vakolatli muassasa, tashkilotlar bo’lmasa, xalq demokratiyasining bo’lishi mumkin emas.
* Vakolatnoma -vakillik huquqini beruvchi hujjat, ishonch qog’ozi, tilxat.
* Vakolatxona -biror davlat tomonidan o’zga yerda ta’sis etilgan va uning manfaatlarini ko’zlab ish ko’radigan muassasa. Masalan, O’zbekistonning chet eldagi muxtor vakolatxonasi.
Boshqaruv tizimida rahbarlar tomonidan o’z qo’li ostidagi xodimlarga o’zi javobgar bo’lgan vazifalarni hal etish yoki ishlarni amalga oshirish huquqini berib qo’yishi boshqaruv vakolatlari deb yuritiladi.
Vakolat – bu vakillik huquqi bo’lsa, ma’suliyat bu biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo’lgan javobgarlikdir. Demak, vakolatni ma’suliyat bilan adashtirmaslik kerak, chunki vakolatlar boshqa odamlar ishini boshqarish huquqini nazarda tutadi.
Ma’suliyat qanchalik yuqori bo’lsa, uni ta’minlash mexanizmi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Odatda ikki turdagi ma’suliyatni ajratishadi:

  • umumiy ma’suliyat;

  • funksional ma’suliyat(23-chizma).

Umumiy ma’suliyat – bu korxonaning boshqaruv faoliyatini ta’minlovchi shat-sharoitlarni yaratish bo’yicha ma’suliyatlar majmuasidir. Masalan, kadrlarni tayyorlash, joy-joyiga qo’yish, hujjatlarni tayyorlashva hokazo. Bu ishlarni odatda korxona rahbari bajaradi va shularga ma’suldir.
Funksional ma’suliyat – bu aniq ishlarni bajarish bilan bog’liq bo’lib, bu odatda bajaruvchilarga yuklanadigan ma’suliyatdir.



Boshqaruv ma’suliyati – qabul qilingan qarori, xatti – harakatioqibatlari, natijasiuchun hisobot berish demak




Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling