Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi
Download 6.95 Kb.
|
Microsoft Word Document (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy viloyati
Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi Zamonaviy yuqori ishlab chiqaruvchanlikka ega xorijiy asbob-uskunalar va texnikalar, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini tatbiq etish hisobiga yuqori texnologik, dunyo bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning keng doirali turlarini ishlab chiqarish «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ) xo’jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatining asosiy yo’nalishi qilib belgilangan. «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ)ni tashkil qilish konsepsiyasidan va tanlangan ustuvorliklardan kelib chiqqan holda, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ)da quyidagi tarmoqlar va yo’nalishlardagi korxonalar joylashtiriladi: elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish; telekommunikatsiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish; mashinasozlik, o’lchagich asbob-uskunalari va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish; dori-darmon mahsulotlari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish; oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash; plastik va polimer buyumlarni ishlab chiqarish. 2022- yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 22 753,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 6,5 % ga, 2018- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 28,6 % ga o‘sdi. Download 6.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling