Dasturning mazmuni
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
- Bu sahifa navigatsiya:
- (kimni huzuriga)
- 26- MAVZU: BIR NECHA HUQUQBUZARLIK SODIR ETGANLIK UCHUN MA’MURIY JAZO QO’LLASH VA UNIG AHAMIYATI. REJA
- Tayanch so’z va iboralar
- 2.Bir necha huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo’llashning huquqiy ahamiyati.
XABARNOMA VARAQASI
(Hujjatlarga tikib qo’yiladi)
20___yil "___"_________________ kuni soat __________________ ga
26- MAVZU: BIR NECHA HUQUQBUZARLIK SODIR ETGANLIK UCHUN MA’MURIY JAZO QO’LLASH VA UNIG AHAMIYATI. REJA: Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo’llanish. Bir necha huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo’llashning huquqiy ahamiyati. Tayanch so’z va iboralar: Shaxs, bir necha huquqbuzarlik, ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik, qo’shimcha jazo choralari, og’irroq ma’muriy jazo, har xil organ, mansabdor shaxslar. 1.Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo’llanish. Bir necha huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo’llash MJTKning 34-moddasiga asosan hal qilinishi lozim. Bitta shaxs ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo’llaniladi. Basharti shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo’lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o’zida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan ko’rib chiqilayotgan bo’lsa, bu shaxsga nisbatan qo’llaniladigan uzil-kesil jazo og’irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo’llaniladi. Basharti shaxs MJTKning maxsus qismidagi bir necha modda bilan ma’muriy javobgarlik belgilangan va ular to’g’risidagi ishlarni har xil organ (mansabdor shaxs) ko’radigan harakat (harakatsizlik) sodir etgan bo’lsa, unga nisbatan jazo og’irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo’llaniladi. Basharti shaxs MJTKning maxsus qismidagi tegishli modda bilan ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan harakatni (harakatsizlikni) voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilgan holda sodir etgan bo’lsa, ish materiallari ko’rib chiqish uchun sudga topshiriladi. Ayrim hollar uchun javobgarlik to’g’risidagi moddalarda nazarda tutilgan qo’shimcha jazo choralaridan biri qo’shilishi mumkin. Bir necha huquqbuzarlik bo’yicha jazo chorasini qo’llashda sodir qilingan huquqbuzarlikning xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, ayb darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarligini og’irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlari e’tiborga olinishi lozim. 2.Bir necha huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo’llashning huquqiy ahamiyati. Bir necha huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga jazo chorasini qo’llashda sodir etilgan huquqbuzarlikning ta’luqliligiga e’tibor beriladi. Agar bir necha huquqbuzarlikning barchasi ma’muriy huquqbuzarliklar bo’lsa, ular uchun Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari bitta ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma tuzadi va barcha ma’muriy huquqbuzarliklarni ushbu bayonnomada ko’rsatib o’tadi. Bir nechta huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo choralarini qo’llash O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslari asosida amalga oshiriladi. Ishni ko’rib chiqishga tayyorlash va ko’rib chiqish tartiblari umumiy tartiblarda amalga oshiriladi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling