164-modda. Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish
Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Yonilg’i-moylash materiallari bilan, dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar bilan qo’lda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qo’lda savdo qilish —
sotilayotgan ashyolarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar yoxud yonilg’i-moylash materiallari sotish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
165-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug’ullanish
Litsenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart bo’lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug’ullanish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |