Dasturning mazmuni


-modda. Videoyozuvli kassetalarni sotish va video muassasalarning ishlash qoidalarini buzish


Download 1.98 Mb.
bet20/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

167-modda. Videoyozuvli kassetalarni sotish va video muassasalarning ishlash qoidalarini buzish

Ekspert komissiyasi baholamagan videoyozuvli kassetalarni sotish —

video kassetalarni musodara qilib, eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Tegishli ruxsat olmay turib video muassasalarni (videoyozuvli kassetalarni ijaraga berish punktlari, videozallar, kabelь televideniesi studiyalarini) ochish yoki bunday muassasalarni yopish to’g’risida qaror qabul qilinganidan keyin ham ularning faoliyatni davom ettirishi —

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Video muassasalarda ekspert komissiyasi baholamagan videoyozuvli kassetalardan foydalanish —

videoyozuvli kassetalarni musodara qilib, eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —

videoyozuvli kassetalarni va video apparaturani musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

[ОКОЗ:

1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.17.00.00 Савдо / 09.17.16.00 Савдо қоидаларини бузганлик учун жавобгарлик]


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling