3.Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning ijrosini tugatish.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 329-moddasiga asosan ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) quyidagi hollarda uning ijrosini tugatadi:
1) amnistiya akti e’lon qilinib, u ma’muriy jazo chorasini qo’llanishni yo’q qilsa;
2) ma’muriy javobgarlikni belgilovchi normativ hujjat bekor qilingan bo’lsa;
3) ustidan qaror chiqarilgan shaxs vafot etgan bo’lsa.
NAZORAT SAVOLLARI:
Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qaror kimlar uchun majburiy bo’lib hisoblanadi?
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 325-moddasi nima haqda?
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 328-moddasi nima haqda?
Jarima solish tarzida ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorni qancha muddatgacha kechiktirishi mumkin?
Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning ijrosi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni kim hal etadi?
Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning to’g’ri va o’z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish kimning zimmasiga yuklatiladi?
Organlarning (mansabdor shaxslarning) ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning ijrosiga oid harakati xususida berilgan shikoyatlar qanday hal etiladi?
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 329-moddasi nima haqda?
Qanday hollarda ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risida qaror ijrosi tugatiladi?
Adabiyotlar ro’yxati:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 24 yilligini nishonlash to’g’risidagi qarori .T.2015 y 17 iyul.Halq so’zi.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” PQ2124 qarori/6.02.2014.
3.Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir.-T.:O’zbekiston ,2015.
4.O’zbekiston Respublikasi Kanistitutsiyasi .2014 y.
5.O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik tug’risidagi kodekisi. 2014 y.
6.O’zbekiston Respubliksi Soliq kodekisi. 2014 y.
35- MAVZU: SOLIQQA OID QONUN HUJJATLARNI BUZILISHI YUZASIDAN CHIQARILGAN QARORLARNI IJRO ETISH TARTIBI HAMDA SOLIQQA OID QONUN HUJJATLARNI BUZILISHI YUZASIDAN JARIMA BELGILASH VA UNING MUDDATLARI.
REJA:
Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorni ijro etish.
Soliqqa oid qonun hujjatlarni buzilishi yuzasidan jarima belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |