Dasturning mazmuni


Soliqqa oid qonun hujjatlarni buzilishi yuzasidan jarima belgilash


Download 1.98 Mb.
bet185/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Soliqqa oid qonun hujjatlarni buzilishi yuzasidan jarima belgilash.

Jarima MJTKning 332-moddasiga ko’ra huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o’n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda - shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to’g’risida xabar berilgan kundan boshlab o’n besh kundan kechiktirmay to’lanishi lozim.

Jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga to’lanadi.

Jarima to’langanligi haqidagi kvitantsiya yoki to’lov topshirig’ining nusxasi ma’muriy ish hujjatlariga qo’shib qo’yiladi.

Huquqbuzar jarimani belgilangan muddat ichida to’lamagan taqdirda, jarima solish to’g’risidagi qaror MJTKning 333-moddasiga ko’ra sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan qoidalarga muvofiq jarimani majburiy tartibda undirib olish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining sud ijrochilari tuman (shahar) bo’limlariga yuboriladi.

MJTKning 330-moddasiga ko’ra ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan bo’lsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. MJTKning 318-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi to’xtatib turilgan taqdirda, kuchini yo’qotish muddatining kechishi shikoyat yoki protest ko’rib chiqilgunga qadar to’xtatib qo’yiladi. MJTKning 328-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, kuchini yo’qotish muddatining kechishi muddatini kechiktirish davri o’tgunga qadar to’xtatib qo’yiladi.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling