Dasturning mazmuni


Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan ish yuritishning qonuniy asoslari


Download 1.98 Mb.
bet195/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

1.Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan ish yuritishning qonuniy asoslari.

Davlat soliq xizmati organlarining soliq to’g’risidagi qonunlarni qo’llash borasidagi faoliyati soliq intizomini mustahkamlashga, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga qat’iy amal qilishga, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni O’zbekiston Respublikasining davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’liq va o’z vaqtida tushishini ta’minlashga, soliq haqidagi huquq buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishni ta’minlashga qaratiladi.

Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ishlarni ko’rib chiqishdan maqsad har bir ishning tafsilotlarini o’z vaqtida, har tomonlama to’la va xolisona aniqlashdan, uni qonunlarga mos holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning bajarilishini ta’minlashdan, shuningdek soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilish sabablarini va unga olib boruvchi shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, fuqarolarni qonunlarga og’ishmay amal qilish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir.

Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ishlar qonuniylikka qat’iy amal qilish asosida ko’rib chiqiladi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi uchun ta’sir choralarini qo’llash chog’ida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi vakolatli davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organlari, mansabdor shaxslari va prokurorning muntazam nazorati, shikoyat qilish huquqi va qonunlarda belgilangan boshqa usullar bilan ta’minlanadi.

Davlat soliq qo’mitasining 2010 yil 11 martdagi 59-sonli buyrug’iga asosan “Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko’rib chiqishni tashkil etish to’g’risida”gi Yo’riqnoma tasdiqlandi. Ushbu yo’riqnoma davlat soliq xizmati organlarida soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni yuritishda qonun hujjatlarida belgilangan normalarni qo’llashga qaratilgan.

Davlat soliq qo’mitasining 2010yil 3 martdagi 49-sonli buyrug’iga asosan “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritish bo’yicha” uslubiy qo’llanma ishlab chiqilgan.

Mazkur uslubiy qo’llanma O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi, «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida» 2010 yil 8 yanvardagi PQ–1257-son qarori va boshqa qonun hujjatlari asosida, davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari va ular hududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati hamda ularga tutash avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari ustidan soliq nazoratini amalga oshirishda, moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquq buzilish holatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvini olib borish, jinoiy ish qo’zg’ash, surishtiruv o’tkazish va uni tergov organlariga yuborish, shuningdek ma’muriy ishlarni yuritishda tartiblarni qo’llashda yagonalikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling