Dasturning mazmuni


Download 1.98 Mb.
bet198/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

Tayanch so’z va iboralar: soliq tekshiruvi materiallari, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi, ma’muriy jazo choralari, jarima, musodara, bayonnoma, mansabdor shaxs.
1.Soliq tekshiruvi materiallarining davlat soliq xizmati organi tomonidan ko’rib chiqilishi.

Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o’n ish kuni o’tgach, biroq o’n besh ish kunidan kechiktirmasdan ko’rib chiqiladi.

Soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda hisoblangan yoki ortiqcha to’langan soliq va boshqa majburiy to’lovlar miqdori, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligi, qo’llanilayotgan moliyaviy sanksiyalarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og’irlashtiruvchi holatlar, ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi.

Soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda bayonnoma yuritilib, unda quyidagilar ko’rsatiladi:

1) soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish sanasi va joyi;

2) soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek lavozimi;

3) soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning hozir bo’lganligiga oid ma’lumotlar;

4) ko’rib chiqilayotgan soliq tekshiruvi materiallari;

5) soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, iltimosnomalari va ularni ko’rib chiqish natijalari;

6) soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishda o’rganilgan hujjatlar;

7) soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish jarayoni haqidagi boshqa ma’lumotlar.

Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish bayonnomasi soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqqan mansabdor shaxs, shuningdek ularni ko’rib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi.

Soliq to’lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo’yicha o’zining yozma tushuntirishlarini yoki e’tirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o’n ish kuni ichida taqdim etishga haqli. Mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari soliq to’lovchining mansabdor shaxslari ishtirokida ko’rib chiqiladi. Davlat soliq xizmati organi tekshiruv materiallarini ko’rib chiqish sanasi, vaqti va joyi to’g’risida soliq to’lovchini ko’rib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi.

Agar soliq to’lovchi soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishga uzrli sabablarga ko’ra kela olmasligi to’g’risida davlat soliq xizmati organini xabardor qilgan bo’lsa, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishni uch ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatga kechiktirish to’g’risida qaror qabul qiladi, bu haqda soliq to’lovchi xabardor qilinadi. Agar soliq to’lovchi takroriy xabarnomaga qaramasdan soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishga kelmasa, mazkur materiallar, shu jumladan soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar va e’tirozlar uning ishtirokisiz ko’rib chiqiladi.

Soliq tekshiruvi materiallari soliq to’lovchining ishtirokida ko’rib chiqilganda bayonnoma soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqqan mansabdor shaxs, soliq to’lovchi, shuningdek ularni ko’rib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq to’lovchi bayonnomani imzolashdan bosh tortganda yoxud soliq tekshiruvi materiallari uning ishtirokisiz ko’rib chiqilganda bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.

Soliq tekshiruvi materiallari soliq to’lovchining ishtirokida ko’rib chiqilganda bayonnoma uch nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi soliq to’lovchiga beriladi. Soliq to’lovchi bayonnomani olganda bayonnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko’rsatgan holda imzo qo’yishi shart. Soliq to’lovchi bayonnomani olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish bayonnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan barcha nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo’shib qo’yiladi.


2.Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qarori.

Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilganidan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:

soliqlar, boshqa majburiy to’lovlarni va penyani hisoblashni yoki buni rad etishni;

soliq to’lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni.

Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qarorida quyidagilar ko’rsatiladi:

1) hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penya, shuningdek qo’llanilgan jarima summasi;

2) o’tkazilgan tekshiruvda aniqlangan soliq to’lovchi tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlari, mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa ma’lumotlar;

3) soliq to’lovchini soliqqa oid muayyan huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to’g’risidagi, soliq kodeksining muayyan huquqbuzarlikni va qo’llaniladigan javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi moddalari ko’rsatilgan qaror;

4) soliq kodeksi 104-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etish hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penyani to’lash muddati;

5) soliq to’lovchi belgilangan muddatlarda soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etgan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penyani to’lagan taqdirda, uning jarima to’lashdan ozod etilish huquqi.

Davlat soliq xizmati organining soliq to’lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qarori soliq kodeksining IV bo’limi normalariga rioya etilgan holda qabul qilinishi lozim.

Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda qarorning nusxasi tilxat olish orqali yoki soliq to’lovchi tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali soliq to’lovchiga topshiriladi. Agar soliq to’lovchiga qaror nusxasini topshirishning imkoni bo’lmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan jo’natiladi va jo’natilganidan e’tiboran uch kun o’tgach, topshirilgan hisoblanadi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling