Dasturning mazmuni
Huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasini yuritish tartibi
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
2.Huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasini yuritish tartibi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma bir sutkadan kechiktirilmay tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyot sho’basida kompyuter dasturiy mahsulida hisobga olinadi. Bozorlar va savdo komplekslari hududlarida aniqlangan huquq buzilishi holatlari bo’yicha ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani tuzgan Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi yoki uning hududiy bo’limi xodimi huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasini ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan (sodir etilgan) joydagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyot sho’basiga taqdim etadi. Hisobga olish huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasi orqali amalga oshiriladi va bunda quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim: - ma’muriy ish yoki soliq tekshiruvi materiallari ro’yxatga olingan tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasi nomi, navbatchi qismida 2-shakl kitobga ro’yxatga olish sanasi va raqami; - ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma tuzilgan sana va joyi; - huquqbuzarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, oyi va kuni; - huquqbuzarning yashash joyi; - huquqbuzarning ish joyi, mansabi, faoliyat turi; - huquqbuzarlik(lar) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi MJTK moddasi(lari), qism(lar)i; - huquqbuzarlik aniqlangan (sodir etilgan) joy, vaqti. Huquqbuzarlik bir necha shaxs tomonidan sodir etilgan bo’lsa, hisobga olish varaqasi har bir huquqbuzar uchun alohida tuziladi. Huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasi ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani tuzgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan to’ldirilib imzolanadi. Olib qo’yilgan ashyolar, predmetlar, buyumlar (mol-mulk), mol-mulkni olib qo’ygan mansabdor shaxs tomonidan bir sutka ichida Davlat soliq qo’mitasi belgilagan tartibiga binoan ma’muriy ish ro’yxatga olingan joydagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining Jismoniy shaxslarga soliq solish bo’limida hisobga olinadi. Davlat soliq inspeksiyalarining ma’muriy amaliyot tuzilmalari taalluqliligi bo’yicha ko’rib chiqish uchun vakolatli organlar (sud, ichki ishlar, bojxona organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar va hokazo)ga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar va ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqida har oy yakuni bo’yicha, keyingi oyning 5-sanasiga qadar o’zaro solishtiruv dalolatnomalari tuzilishini ta’minlaydi.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling