Dasturning mazmuni


Boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlik


Download 1.98 Mb.
bet212/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlik.

Ma’muriy amaliyot bilan shug’ullanuvchi mas’ul xodimlar o’z faoliyatini O’zbekitson Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti, ichki ishlar, sud, moliya organlari, banklar va davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan o’zaro hamkorlikda soliq sohasida qonunubuzarlikka qarshi kurashga yo’naltirilgan chora tadbirlarni muvofiqlashtirilgan tarzda belgilaydi va amalga oshiradi.

Davriy hisobotlar O’zbekitson Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti organlariga taaluqliligi buyicha yuborilgan tekshiruv hujjatlarining natijalari haqida o’zaro taqqoslov dalolatnomalarini tuzish, ma’lumotlar va axborotlar almashish asosida olib boriladi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan soliq intizomini mustahkamlash, moliyaviy-iqtisodiy, soliq va valyuta sohalaridagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, davlatga yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning to’liq ijro etilishini ta’minlash hamda mazkur masalalarga mutasaddi bo’lgan organlarning mas’uliyatini oshirish va o’zaro hamkorligini yaxshilash maqsadida qo’shma ko’rsatma ishlab chiqilgan.

Ko’rsatmaga asosan Davlat soliq qo’mitasining markaziy apparati tuzilmalari, davlat soliq boshqarmalari va inspeksiyalari boshliqlariga, Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo’limlari rahbarlariga, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo’linmalariga tegishli vazifalar belgilandi.

Davlat soliq qo’mitasi, uning hududiy boshqarma va inspeksiyalari, Departament va uning hududiy boshqarma va bo’limlari boshliqlariga budjetga undiriladigan soliqlar, yig’imlar va majburiy to’lovlarni to’g’ri hisoblash, to’liq va o’z vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy va soliq, valyuta sohalaridagi qonun buzilishlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo’yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan aniq choralar ishlab chiqildi.

Soliqqa oid qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan ishlar asosan ma’muriy va jinoiy ishlar bo’yicha sudlarga chiqariladi.

Sudlar qonun hujjatlariga asosan ishlarni ko’rib chiqadi va qarorlarini chiqaradi. Ayrim huquqbuzarliklar bo’yicha esa Oliy sud plenumining qarorlari ham chiqarilgan bo’lib, ish yurituvida ulardan ham foydalaniladi. Misol uchun 2013 yil 11 dekabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq ishlar bo’yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to’g’risida”gi Oliy sud plenum qarori va 2013 yil 31 maydagi “Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo’llanilishi to’g’risida”gi Oliy sudi plenumining qarorlari shular jumlasidandir.

Barcha hamkorliklar o’zaro tuzilgan shartnomalar,kelishuvlar va rejalarga asosan amalga oshiriladi hamda hisobotlar tuzilib boriladi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling