2022-yil 05-oktabr
2/15-3/2-2-son
Oliy ta’lim muassasalari
rahbarlariga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 4-mart kuni
o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 19-sonli bayoni 3-ilova 9.3-bandida oliy
ta’lim
muassasalaridagi
boshqaruv,
texnik,
xizmat
ko‘rsatuvchi
va
o‘quv-yordamchi lavozimlari bo‘yicha mavjud vakant joylarga 3 mingdan ziyod
talabalarni ishga olish orqali yil yakuniga qadar ularning bandligini ta’minlash
choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan.
Shuningdek, ushbu topshiriq bilan rektorlarga istisno tariqasida talabalarning
bilim va salohiyatidan kelib chiqib, ishga qabul qilishga ruhsat berilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlaridan:
O‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilotlarda talabalarni ishga qabul qilishda
mehnat munosabatlari qonunchilikka muvofiq tashkil qilinishi bo‘yicha tegishli
choralar ko‘rilishini alohida nazoratga olishlari;
Har oyning 30 sanasiga qadar 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab ishga qabul
qilingan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilovadagi jadvalga muvofiq
(tasdiqlangan va Excel formatda) vazirlik Inson resurslari va xodimlar salohiyatini
rivojlantirish boshqarmasining (
kadr@edu.uz
faylda tashkilot nomini ko’rsatgan
holda) elektron manziliga taqdim etishlari so‘raladi.
Ilova: 1 varaqda.
Vazirning
birinchi o‘rinbosari
K.Karimov
Ijrochi: N.Shukurov
Tel 71 207 16 58. (90 931 89 92 telegram)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIALIZED EDUCATION
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
100095, Toshkent sh. 2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy. Tel: (998) 71 246-01-95, e-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: www.edu.uz
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: LI17267680
Ilova
2022 yil 30-_________ holatiga __________ (oliy ta’lim muassasasi nomi)dagi boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va
o‘quv-yordamchi lavozimlarga ishga qabul qilinib bandligi ta’minlangan talabalar haqida
MA’LUMOT
Izoh: Buyruq nusxasi va mehnat shartnomasi ilova qilinadi.
T/r
Talabaning
F.I.O
Fakulteti va ta’lim
yo‘nalishi
Bosqichi
Ishga qabul
qilingan lavozimi
Buyruq sanasi va
raqami
Tel raqami
1.
2.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |