Dasturning mazmuni


Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olishning markazlashgan tizimi


Download 1.98 Mb.
bet218/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

1.Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olishning markazlashgan tizimi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 fevraldagi «Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini tashkil etish to’g’risida»gi 39-sonli qaroriga muvofiq, davlat soliq inspeksiyasining Ma’muriy amaliyot sho’basi mas’ul xodimi ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish №1-AP shakldagi qartochkalar va ma’muriy jazoni qo’llash to’g’risidagi qarorni ijro qilish haqidagi bildirishnomalarni elektron va qog’oz shaklida yuritilishini ta’minlaydi.

Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, ishlash, umumlashtirish, jamlash, saqlash va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish, shuningdek ularni davlat organlariga taqdim etish hisobga olishning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Quyidagilar hisobga olish prinsiplari hisoblanadi:

qonuniylik;

axborotlarning xolisonaligi, ishonchliligi va taqqoslanuvchanligi;

axborotlarning “Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to’g’risida”gi Nizomda va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan doirada foydalanilishi va oshkoraligi;

hisobga olishning majburiyligi va bir xildaligi.

Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarning markazlashtirilgan hisobi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ma’lumotlarning yagona bazasini shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarning yagona, hududiy va idoraviy bazalari cheklangan holda foydalaniladigan axborot resurslari hisoblanadi.

Ma’lumotlarning yagona bazasi ma’lumotlarning hududiy bazalari asosida shakllantiriladi.

Ma’lumotlarning hududiy bazalari ma’lumotlarning idoraviy bazalari asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari shakllantiriladi.

Ma’lumotlarning idoraviy bazalari hisobga olish hujjatlari asosida vakolatli organlarning hududiy bo’linmalari tomonidan shakllantiriladi.

Quyidagilar hisobga olish hujjatlari hisoblanadi:

ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish N 1-AP shaklidagi kartochkasi;

ma’muriy jazoga tortilgan (protokol tuzilmasdan) shaxslarni hisobga olish N 2-AP shaklidagi kartochkasi;

ma’muriy jazoni qo’llash to’g’risidagi qarorni ijro qilish haqidagi bildirishnoma.

Hisobga olish hujjatlari va ma’lumotlar bazalari davlat tilida yuritiladi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling