Dasturning mazmuni


Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarning markazlashgan hisobini yuritish tartibi


Download 1.98 Mb.
bet219/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarning markazlashgan hisobini yuritish tartibi.

Vakolatli organlarning barcha bo’g’inlari (tuman, shahar, respublika) “Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to’g’risida”gi Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda kartochkalar va bildirishnomalarni vakolatli organning tegishli hududiy bo’linmalariga taqdim etadilar.

Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar qarorlari asosida ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’muriy jazoni qo’llash to’g’risida ularga nisbatan qaror (ajrim) chiqarilgan yoki O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi (MJK) 283-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etilgan joyda jarima solingan shaxslar hisobga olinadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish tugatilgan taqdirda kartochka to’ldirilmaydi, shu jumladan, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 21-moddasi asosida ogohlantirish munosabati bilan.

Ma’muriy jazoni qo’llash to’g’risida qaror chiqargan mansabdor shaxs kartochka va bildirishnomani “Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to’g’risida”gi Nizomga qat’iy muvofiq elektron formatda (keyingi o’rinlarda elektron kartochka va elektron bildirishnoma deb ataladi) to’ldiradi, so’ngra ularni belgilangan namunada bir nusxada qog’ozga ko’chiradi (keyingi o’rinlarda qog’oz kartochka va qog’oz bildirishnoma deb ataladi) va imzolaydi.

Kartochka va bildirishnomani imzolagan mansabdor shaxs uning ishonchliligi, to’liq to’ldirilganligi hamda ularni taqdim etishning “Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to’g’risida”gi Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya qilinganligi uchun javob beradi.

Kartochka va bildirishnomalar vakolatli organlarning hududiy bo’linmalarida “Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to’g’risida”gi Nizomda belgilangan muddatlarga muvofiq saqlanadi.

Kartochka va bildirishnomalarni ko’chirish uchun qo’llaniladigan qog’oz sifatiga qo’yiladigan talablar vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.

Hisobga olishning to’liqligini ta’minlash maqsadida vakolatli organning barcha bo’g’inlari har chorakda bir marta (hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasigacha) taqdim etilgan kartochka va bildirishnomalarni tegishli hududiy bo’linmada ma’lumotlarning idoraviy bazasi bilan solishtiradi. Solishtirishni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda vakolatli organning markaziy bo’linmasi tomonidan belgilanadi.

Vakolatli organning hududiy bo’linmalari mavjud bo’lmagan taqdirda ma’lumotlarning idoraviy bazasini shakllantirish, kartochka va bildirishnomalarni saqlash vakolatli organning markaziy bo’linmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Quyidagilar Ichki ishlar vazirligining hisobga olishni ta’minlash bo’yicha vakolatiga kiradi:

ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarning yagona bazasini shakllantirish;

ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish, ma’lumotlarning hududiy bazalarini shakllantirish va yuritish bo’yicha ichki ishlar organlari faoliyatini nazorat qilish;

ichki ishlar organlarida ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarning saqlanishini va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlash;

ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish.

Quyidagilar hisobga olish bo’yicha vakolatli organlar markaziy va hududiy bo’linmalarining vakolatiga kiradi:

ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish, ma’lumotlarning idoraviy bazalarini shakllantirish va yuritish, ma’lumotlarni ichki ishlar organlariga berish bo’yicha idoraviy bo’ysunuvchi organlar (mansabdor shaxslar) faoliyatini nazorat qilish;

ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarning saqlanishini va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlash.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling