Dasturning mazmuni


Download 1.98 Mb.
bet231/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Ro’yxatdan o’tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallarning xarakatini nazorat qilish va uning hisobini yuritish.

Davlat soliq inspeksiyalari tomonidan o’tkazilgan, shuningdek belgilangan tartibda ko’rib chiqish uchun davlat soliq inspeksiyalariga kelib tushgan soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar davlat soliq inspeksiyasining Navbatchi qismida yuritiladigan 2-shakl kitobida ro’yxatdan o’tkazilgan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan uni Navbatchi qismidan kabul kilib olgan mansabdor shaxs tomonidan davlat soliq inspeksiyasining tegishli funktsional bo’limida yuritiladigan 4-shakl kitobida hisobga olinishi shart.

Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning xududiy bo’limlari boshliqlarining buyruklariga asosan o’tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari hamda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar “Soliq tekshiruvi materiallarini, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallarni ro’yxatga olish hamda ularning hisobini yuritish” tartibida belgilangan tartibda va muddatda soliq to’lovchi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining Navbatchi qismidagi 2-shakl kitobida ro’yxatdan o’tkazilgan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tegishli ravishda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning xududiy bo’limlarida yuritiladigan 4-shakl kitobida hisobga olinishi lozim.

Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq boshqarmalarining buyruklariga asosan o’tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari hamda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlik to’g’risidagi materiallar “Soliq tekshiruvi materiallarini, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallarni ro’yxatga olish hamda ularning hisobini yuritish” tartibida belgilangan tartibda va muddatda soliq to’lovchi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining Navbatchi qismidagi 2-shakl kitobida ro’yxatdan o’tkazilgan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan soliq tekshiruvini o’tkazgan mansabdor shaxs, tekshiruv bir nechta mansabdor shaxs tomonidan o’tkazilgan takdirda gurux rahbari tomonidan, Davlat soliq qo’mitasida Rais o’rinbosarining, davlat soliq boshqarmalarida esa, boshliq yoki uning o’rinbosarining munosabat belgisi (rezolyutsiyasi) asosida tegishli ravishda Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq boshqarmalarining Navbatchi qismida yuritiladigan 3-shakl kitobida hisobga olinishi shart.

Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq boshqarmalarining Navbatchi qismida yuritiladigan 3-shakl kitobida hisobga olingan soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar, ular 3-shakl kitobida hisobga olingan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, ularni Navbatchi qismidan kabul kilib olgan mansabdor shaxs tomonidan Davlat soliq qo’mitasi yoki davlat soliq boshqarmalarining tegishli tarkibiy tuzilmasida yuritiladigan 4-shakl kitobida hisobga olinishi shart.

Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq boshqarmalarining Navbatchi qismida yuritiladigan 3-shakl kitobida hamda davlat soliq inspeksiyalarining Navbatchi qismida yuritiladigan 2-shakl kitobida ro’yxatdan o’tkazilgan xar bir material bo’yicha ularni ko’rib chiqish natijalari material ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechiktirmasdan tegishli 3 va 2-shakl kitoblariga kayd etilishi lozim.

Bunda, 3 va 2-shakl kitoblariga:

materialni Soliq kodeksining 102-moddasida belgilangan tartibda ko’rib chiqish natijalari hamda soliqlar, boshka majburiy to’lovlar va penyani hisoblash yoki buni rad etish, shuningdek soliq to’lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortish yoki buni rad etish to’g’risida kabul kilingan karor to’g’risidagi ma’lumotlar materialni ko’rib chiqishga tayyorlagan funktsional tuzilmaning mas’ul (material bo’yicha ijrochi) xodimi tomonidan;

soliq to’lovchi yuridik shaxsning mansabdor shaxslarini hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish to’g’risida kabul kilingan karor yoki ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma va materiallarni ma’muriy ishni ko’rib chiqish vakolatiga ega bo’lgan organlar (sud)ga yuborilganligi hamda ular tomonidan kabul kilingan karor to’g’risidagi ma’lumotlar ma’muriy amaliyot bo’limi (sho’basi, mas’ul xodimi) tomonidan;

Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limi boshlig’ining buyruklariga asosan o’tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari va aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar bo’yicha jinoyat ishi ko’zgatilganligi, jinoyat ishi ko’zgatish rad etilganligi, shuningdek belgilangan tartibda ko’rib chiqish uchun vakolatli organlarga yuborilganligi va ular tomonidan kabul kilingan karor (ajrim, xukm)lar to’g’risidagi ma’lumotlar Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limining mas’ul (material bo’yicha ijrochi) xodimlari tomonidan kayd kilinadi va tegishli karorlar nusxalari davlat soliq inspeksiyasining Navbatchi qismiga taqdim etiladi.

Davlat soliq inspeksiyalari tomonidan ko’rib chiqish yakuni bo’yicha jinoyat alomatlari aniqlangan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan takdirda, materialni huquqni muxofaza qiluvchi organga yuborish to’g’risidagi xatni tayyorlagan bo’lim (sho’ba)ning mas’ul (material bo’yicha ijrochi) xodimi tomonidan materialni huquqni muxofaza qiluvchi organga yuborish to’g’risidagi xat imzolangan kunning o’zida uning nusxasi davlat soliq inspeksiyasining Navbatchi qismiga taqdim etilgan xolda, 1-shakl kitobida hisobga olinishi shart.

Bunda, shu kunning o’zida ushbu mas’ul xodim tomonidan 2-shakl kitobiga xam material huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to’g’risida tegishli ma’lumot qayd qilinadi.

Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq boshqarmalari tomonidan huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan takdirda, materialni huquqni muxofaza qiluvchi organga yuborish to’g’risidagi xatni tayyorlagan tuzilmaning masul (material bo’yicha ijrochi) xodimi tomonidan materialni huquqni muxofaza qiluvchi organga yuborish to’g’risidagi xat imzolangan kunning o’zida uning nusxasi Navbatchi qismiga taqdim etilgan xolda, 3-shakl kitobida tegishli ma’lumot kayd etilishi, shuningdek material huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to’g’risida ushbu material ro’yxatdan o’tkazilgan davlat soliq inspeksiyasiga materialni huquqni muxofaza qiluvchi organga yuborish to’g’risidagi xat nusxasini ilova kilgan xolda ma’lumot yuborilishi lozim.

Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to’g’risidagi ma’lumot Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq boshqarmalaridan davlat soliq inspeksiyasiga kelib tushgan kunning o’zida, davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i yoki uning o’rinbosarining munosabat belgisi (rezolyutsiyasi) asosida, rezolyutsiyada ijrochi sifatida ko’rsatilgan xodim tomonidan materialni huquqni muxofaza qiluvchi organga yuborish to’g’risidagi xat nusxasi davlat soliq inspeksiyasining Navbatchi qismiga taqdim etilgan xolda, 1-shakl kitobida hisobga olinishi hamda 2-shakl kitobiga material huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to’g’risida tegishli ma’lumot kayd kilinishi lozim.

Huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar asosida jinoyat ishi ko’zgatilganligi yoki jinoyat ishini ko’zgatish rad etilganligi xakidagi ma’lumotlar kelib tushgan kundan kechiktirmasdan davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i yoki uning o’rinbosarining munosabat belgisi (rezolyutsiyasi) asosida, rezolyutsiyada ijrochi sifatida ko’rsatilgan xodim tomonidan davlat soliq inspeksiyasining Navbatchi qismidagi 1-shakl kitobga tegishli yozuvlar kiritiladi hamda tegishli karor nusxasi Navbatchi kismga taqdim etiladi.

Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limi tomonidan jinoyat ishi ko’zgatilgan soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar va ularni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha material ro’yxatdan o’tkazilgan davlat soliq inspeksiyasining Navbatchi qismiga 1-shakl kitobiga hisobga olish uchun jinoyat ishi ko’zgatilgan, shuningdek jinoyat ishini ko’rib chiqish yakuni bo’yicha karor kabul kilingan kunning o’zida, tegishli karor nusxasi ilova kilingan xolda ma’lumot taqdim etilishi shart.

Xar bir material bo’yicha kabul kilingan karorlarning hamda materialni huquqni muxofaza qiluvchi organlarga va sudga yuborilganligi to’g’risidagi xatlarning, shuningdek huquqni muxofaza qiluvchi organlar va sud tomonidan kabul kilingan karorlarning Navbatchi kismga taqdim etilgan nusxalari davlat soliq xizmati organlarining Navbatchi qismi tomonidan xronologik ketma-ketlikda jildlarga tikilib, saklanishi lozim.

Huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan materiallarning ko’rib chiqish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar, ular yuborilgan kundan e’tiboran o’n ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati organiga kelib tushmagan takdirda, davlat soliq xizmati organining Ma’muriy amaliyot bo’limi (sho’basi, mas’ul xodimi), shuningdek Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limining Surishtiruv bo’limi (sho’basi, surishtiruvchisi) tomonidan ushbu organga materialni ko’rib chiqish natijalarini taqdim etish to’g’risida xat tayyorlanib, belgilangan tartibda yuboriladi.

Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq boshqarmalarining 3-shakl kitobida va davlat soliq inspeksiyalarining 2-shakl kitobida ro’yxatga olingan materiallarni ko’rib chiqishning yakuniy natijalari bo’yicha davlat soliq xizmati organlarining Navbatchi qismi tomonidan davlat soliq xizmati organining tegishli funktsional tuzilmalari, Ma’muriy amaliyot bo’limi (sho’basi, mas’ul xodimi) hamda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limi o’rtasida xar oy yakuni bo’yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga kadar solishtiruv dalolatnomalari tuzilib, tegishli ravishda 3 va 2-shakl kitoblariga tegishli yozuvlar kiritib boriladi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling