Nazariy savollar: 77. Kameral soliq tekshiruvi nima va uni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadni tahlil qiling


Download 330 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.06.2020
Hajmi330 Kb.
#121237
Bog'liq
3629-1


 



Nazariy savollar:  



77.    Kameral  soliq  tekshiruvi  nima  va  uni  o‘tkazishdan  ko‘zlangan 

maqsadni tahlil qiling.  

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni 

hamda soliq to‘lovchilarni soliq qonunchiligiga rioya etayotganliklari, soliqlar va 

budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab 

borayotganliklari  soliq  organlari  tomonidan  doim  nazorat  qilib  boriladi.  Ushbu 

nazorat  shakllaridan bir bu  soliq  tekshiruvlaridir.  O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq 

kodeksining 137-moddasiga ko‘ra Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi 

turlarini o‘tkazadi:  



1) kameral soliq tekshiruvi;  

2) sayyor soliq tekshiruvi;  

3) soliq auditi.  

Quyida  kameral  soliq  tekshiruvlari  haqida  so‘z  yuritamiz.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Soliq  kodeksining  138-moddasida  Kameral  soliq  tekshiruvi 

tushunchasiga  quyidagicha  ta’rif  berilgan:  “Kameral  soliq  tekshiruvi  soliq 

to‘lovchi  (soliq  agenti)  tomonidan  taqdim  etilgan  soliq  hisobotini,  moliyaviy 

hisobotni,  shuningdek  soliq  to‘lovchining  faoliyati  to‘g‘risida  soliq  organida 

mavjud  bo‘lgan  boshqa  hujjatlar  hamda  ma’lumotlarni  tahlil  qilish  asosida  soliq 

organi tomonidan o‘tkaziladi. 

Kameral  soliq  tekshiruvi  soliq  to‘lovchilar  (soliq  agentlari)  tomonidan  soliq 

to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan  nazorat  qilish  maqsadida 

o‘tkaziladi. Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:  

 

soliqqa  oid  huquqbuzarlik  sodir  etish  xavfi  darajasidan  kelib  chiqib, 



“Tahlika-  tahlil”  dasturiy  maxsuloti  natijasiga  ko‘ra  soliqqa  oid  huquqbuzarlik 

sodir etish xavfi yuqori yoki o‘rtacha bo‘lganda;  

 

 soliq  organiga  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  soliq  to‘g‘risidagi 



qonun hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlari kelib tushganda; 

 

 



 soliq  hisobotidagi  xato  va  (yoki)  soliq  hisobotidagi  tafovutlar 

aniqlanganda

1

.  


Soliq  to‘lovchi  tomonidan  ilgari  taqdim  etilgan  soliq  hisobotiga  nisbatan 

to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi kamaytirilgan yoki ko‘rilgan zarar summasi 

ko‘paytirilganligi  sababli,  aniqlashtirilgan  soliq  hisoboti  taqdim  etish  holatlari 

bo‘yicha  ushbu  soliq  to‘lovchida  kameral  solik  tekshiruvi  o‘tkaziladi.  Bunda, 

kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan 

kundan  e’tiboran  uch  kun  ichida  boshlanadi.  Kameral  soliq  tekshiruvi  soliq 

to'lovchi  (soliq  agenti)  tomonidan  taqdim  etilgan  soliq  hisobotini,  moliyaviy 

hisobotni, shuningdek soliq to'lovchining faoliyati to'g'risida soliq organida mavjud 

bo'lgan  boshqa  hujjatlar  hamda  ma'lumotlarni  tahlil  qilish  asosida  soliq  organi 

tomonidan o'tkaziladi. 

Kameral  soliq  tekshiruvi  soliq  organi  rahbarining  (rahbari  o‘rinbosarining) 

buyrug‘i asosida o'tkaziladi. Buyruqda soliq to'lovchining nomi va identifikatsiya 

raqami,  tekshiruvchi  shaxslarning  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi  va  lavozimi, 

tekshiruvni o'tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va 

yig'imlarning  turlari  ko'rsatiladi.  Kameral  soliq  tekshiruvi  jarayonida  soliq  organi 

soliq  to'lovchidan  (soliq  agentidan,  uchinchi  shaxsdan)  hisobga  olish  hujjatlarini, 

taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni, 

shuningdek  soliq  hamda  yig'imlarni  hisoblab  chiqarish  va  to'lash  bilan  bog'liq 

boshqa so'rab olishi mumkin. 

Agar  soliq  (hisobot)  davri  uchun  soliq  monitoringi  o'tkazilayotgan  bo'lsa, 

bunday  davr  uchun  kameral  soliq  tekshiruvi  o'tkazilmaydi.  Mazkur  qoida  soliq 

monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qo'llanilmaydi.  

Kameral  soliq  tekshiruvi  tugagunga  qadar  soliq  to’lovchi  tomonidan  avval 

hisoblangan  soliq  summasi  soliq  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

tartibda  o’zgartirilib,  aniqlashtirilgan  soliq  hisoboti  taqdim  etilgan  taqdirda, 

                                                           

1

  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  qo‘mitasining  2020-yil  30-apreldagi  2020-14-son  qaroriga  ilova  



“Kameral soliq tekshnruvini o‘tkazish to‘grisidagi nizom” 

 

kameral  soliq  tekshiruvi  taqdim  etilgan  aniqlashtirilgan  soliq  hisobotini  hisobga 



olgan holda o‘tkaziladi. 

Yuqorida  aytib  o‘tganimizdek  kameral  soliq  tekshiruvi  –  soliq  to‘lovchilar 

(soliq  agentlari)  tomonidan  soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi 

ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. 

 

 

47.  Soliq  huquqiy  munosabatlarda  qimmatlar  qog'ozlar  tushunchasi  va 

uning turlarini tahlil qiling. 

Qimmatli  qogʻozlar  –  oʻz  egasiga  mulkka  egalik  huquqini  va  daromad 

koʻrinishida  muayyan  pul  summasini  olish  huquqini  beradigan  pul  yoki  tovar 

hujjatlari  (aksiya,  obligatsiya,  akkreditiv,  veksel,  chek  va  boshqalar).  Qimmatli 

qogʻozlar  taqdim  etuvchi  yoki  egasining  ayrim  huquqlari  qayd  etilgan  maxsus 

tarzda  rasmiylashtirilgan  moliyaviy  hujjat.  Korxonalarning  aksiya,  obligatsiyalari 

va  davlat  obligatsiyalari  Qimmatli  qogʻozlarning  asosiy  turlari  hisoblanadi. 

Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish 

va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar 

oʻz  egasiga  daromad  keltirgani  uchun  fond  birjasida  maʼlum  kurs  boʻyicha  oldi-

sotdi qilinadi. 

Soliq  Kodeksining  49-moddasida  Qimmatli  qog'ozlar  tushunchasiga 

quyidagicha  ta’rif  berilgan:  “Qimmatli  qog'ozlar  mazkur  hujjatlarni  chiqargan 

yuridik  shaxs  bilan  ularning  egasi  o'rtasidagi  mulkiy  huquqlarni  yoki  qarz 

munosabatlarini  tasdiqlaydigan, dividendlar  yoki  foizlar tarzida  daromad  to'lashni 

hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o'tkazish 

imkoniyatini  nazarda  tutadigan  hujjatlardir”.  “Qimmatli  qog‘ozlar  bozori 

to‘g‘risida”gi qonunda  esa “Qimmatli  qog'ozlar  —  hujjatlar bo'lib, ular  mazkur 

hujjatlarni  chiqargan  yuridik  shaxs  bilan  ularning  egasi  o'rtasidagi  mulkiy 

huquqlarni  yoki  qarz  munosabatlarini  tasdiqlaydi,  dividendlar  yoki  foizlar  tarzida 

daromad  to'lashni  hamda  ushbu  hujjatlardan  kelib  chiqadigan  huquqlarni  boshqa 

shaxslarga o'tkazish imkoniyatini nazarda tutadi” deya ta’rif berilgan. 



 

Mazkur  normada  qimmatli  qog'ozlarga  aksiyalar,  obligatsiyalar,  veksellar, 



depozit sertifikatlari, depozitar tilxatlar, optsionlar, fyuchers va forvard kontraktlari 

kiradi,  shuningdek  qonun  hujjatlariga  yoki  chet  davlatning  qo'llanilishi  mumkin 

bo'lgan  qonun  hujjatlariga  muvofiq  qimmatli  qog'ozlar  deb  e'tirof  etiladigan 

boshqa qimmatli qog'ozlar kiradi deb belgilangan. Quyida qimmatli qog‘ozlarning 

har bir turini alohida ko‘rib chiqamiz.  

Aksiya  —  o'z  egasining  aksiyadorlik  jamiyati  foydasining  bir  qismini 

dividendlar  tarzida  olishga,  aksiyadorlik  jamiyatini  boshqarishda  ishtirok  etishga 

va  u  tugatilganidan  keyin  qoladigan  mol-mulkning  bir  qismiga  bo'lgan  huquqini 

tasdiqlovchi,  amal  qilish  muddati  belgilanmagan,  egasining  nomi  yozilgan 

emissiyaviy qimmatli qog'oz; 

Obligatsiya  —  emissiyaviy  qimmatli  qog'oz  bo'lib,  u  obligatsiyani 

saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini 

obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, 

obligatsiyaning  nominal  qiymatidan  qat'iy  belgilangan  foizni  olishga  bo'lgan 

huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi

Veksel  —  veksel  beruvchining  yoxud  vekselda  ko'rsatilgan  boshqa 

to'lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan 

summani  to'lashga  doir  qat'iy  majburiyatini  tasdiqlovchi  noemissiyaviy  qimmatli 

qog'oz; 


Optsion  —  emissiyaviy  qimmatli  qog'oz  bo'lib, u  o'z  emitentining  muayyan 

miqdordagi  qimmatli  qog'ozlarini  unda  nazarda  tutilgan  muddatda,  qat'iy 

belgilangan narx bo'yicha sotib olishga bo'lgan huquqini tasdiqlaydi; 

Depozit sertifikati — bankka qo'yilgan omonat summasini va omonatchining 

(sertifikat  saqlovchining)  omonat  summasini  hamda  sertifikatda  shartlashilgan 

foizlarni  sertifikatni  bergan  bankdan  yoki  shu  bankning  istalgan  filialidan 

belgilangan  muddat  tugaganidan  keyin  olish  huquqini  tasdiqlovchi  noemissiyaviy 

qimmatli qog'oz 

Depozitar  tilxatlar  —  nominal  qiymatga  ega  bo'lmagan  qimmatli  qog'oz 

bo'lib,  u  taqdim  etiladigan  qimmatli  qog'ozlarning  muayyan  soniga  bo'lgan  mulk 



 

huquqini  tasdiqlaydi  va  uning  egasining  ushbu  qimmatli  qog'oz  emitentidan 



depozitar  tilxat  o'rniga  taqdim  etiladigan  qimmatli  qog'ozlarning  tegishli  sonini 

olishini  hamda  taqdim  etiladigan  qimmatli  qog'ozlar  bilan  mustahkamlangan 

huquqlarning  depozitar  tilxat  egasi  tomonidan  amalga  oshirilishi  bilan  bog'liq 

xizmatlar ko'rsatilishini talab qilish huquqini mustahkamlaydi;  



Fyuchers  —  qimmatli  qog'oz  bo'lib,  u  o'zida  nazarda  tutilgan  muddatda 

qimmatli qog'ozlarning muayyan sonini qat'iy belgilangan narxda sotib olish yoki 

sotish majburiyatini tasdiqlaydi; 

Korporativ obligatsiyalar — aktsiyadorlik jamiyatlari va o'zining tashkiliy-

huquqiy  shaklidan  qat'i  nazar  tijorat  banklari  tomonidan  chiqariladigan 

obligatsiyalar; 

Emissiyaviy qimmatli qog'ozlar — bitta chiqarilish doirasida bir xil belgilar 

va  rekvizitlarga  ega  bo'lgan,  mazkur  chiqarilish  uchun  yagona  shartlar  asosida 

joylashtiriladigan hamda muomalada bo'ladigan qimmatli qog'ozlar

2



Qimmatli qog'ozlar chiqarilish shakliga ko'ra blankalar tarzida hujjatli va 

elektron  shakldagi  hisobga  olish  registrlaridagi  yozuvlar  tarzida  hujjatsiz 

bo'lishi  mumkin.  Aksiyalar,  korporativ  va  infratuzilma  obligatsiyalari, 

shuningdek  depozitar  tilxatlar  hujjatsiz  shaklda  chiqariladi.  Qimmatli  qog'ozlarni 

O'zbekiston Respublikasi hududida joylashtirishga va ularning muomalasiga, agar 

qonunda  boshqacha  tartib  belgilanmagan  bo'lsa,  ular  davlat  ro'yxatidan 

o'tkazilganidan  keyin  yo'l  qo'yiladi.  Qimmatli  qog'ozlarning  qiymati  O'zbekiston 

Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi. 

Soliq  solish  maqsadida  qimmatli  qog'ozlar  quyidagi  shartlarga  bir  vaqtning 

o'zida  rioya  etilgan  taqdirda  qimmatli  qog'ozlarning  uyushgan  bozorida 

muomalada bo'layotgan qimmatli qog'ozlar (muomaladagi qimmatli qog'ozlar) deb 

e'tirof etiladi: 

 

ular  qimmatli  qog'ozlar  savdolarining  hech  bo'lmaganda  bitta 



tashkilotchisi tomonidan muomalaga kiritilgan bo'lsa;  

                                                           

2

 O ‘zbekiston Respublikasi qonuni – “Qimmatli qog ‘ozlar bozori to‘g‘risida” (yangi tahrir) 



 

 



ularning narxlari (kotirovkalari) to'g'risidagi axborot ommaviy axborot 

vositalarida  e'lon  qilinsa  yoxud  savdolarning  tashkilotchisi  yoki  boshqa  vakolatli 

shaxs  tomonidan  har  qanday  manfaatdor  shaxsga  qimmatli  qog'ozlarga  doir 

operatsiyalar  amalga  oshirilgan  sanadan  e'tiboran  uch  yil  ichida  berilishi  mumkin 

bo'lsa; 

 

soliq  to'lovchi  bu  qimmatli  qog'ozlarga  doir  bitimni  tuzgan  sanadan 



e'tiboran o'tgan ketma-ket uch oy ichida ular bo'yicha hech bo'lmaganda bir marta 

bozor  kotirovkasi  hisoblab  chiqarilgan  bo'lsa  (bundan  qimmatli  qog'ozlarni 

birlamchi joylashtirish chog'idagi bozor kotirovkasining hisob-kitobi mustasno). 

 

Kazus: 32 



32.    2019-yil  8-yanvarda  «Akhmedov  and  partners»  advokatlik  firmasi 

Toshkent  Adliya  boshqarmasida  davlat  ro'yxatidan  o'tdi  va  2019-yil  19-yanvarda 

Chilonzor  tumani  DSIga  soliq  organida  soliq  to'lovchi  sifatida  ro'yxatdan  o'tish 

uchun ariza bilan murojaat qildi. Biroq, Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi 

soliq  organida  soliq  to'lovchi  sifatida  ro'yxatdan  o'tishdan  bo'yin  tovlaganligi 

uchun  BHM  ning  yuz  baravari  miqdorida  jarima  soldi.  2019-yil  25-yanvar  kuni 

advokatlik  firmasiga  Chilonzor  tumani  DSIdan  2019-yil  1-yanvardan  boshlab 

barcha  xo'jalik  yurituvchi  subyektlarning  aylanmalariga,  shu  jumladan  advokatlik 

firmalariga  qo'shilgan  qiymat  solig'i  solinishi  to'g'risida  xabar  keldi.  Shuning 

uchun yuridik yordam xizmatlaridan QQS undirish tavsiya etiladi.  

Bundan  tashqari,  davlat  soliq  idoralari  ta'kidlashicha,  “Akhmedov  and 

partners” firmasi “Baker and Makkenzi” advokatlik firmasiga (AQSH) unga o'quv 

seminari  o'tkazganligi  uchun  to'langan  summadan  23  million  miqdorida  daromad 

va QQS soliqlarini ushlab qolishi va to'lashi kerakligini bildirdi. «Akhmedov and 

partners» advokatlik firmasining menejeri Odil Ahmedov norezidentlar tomonidan 

ko'rsatiladigan  xizmatlarga  QQS  to'lanmaydi  deb  hisobladi  hamda  soliqni 

to'lashdan bosh tortdi. 

Vaziyatga huquqiy baho bering 


 

Mazkur  vaziyatda  Akhmedov  and  partners”  firmasi  soliq  to'lovchi  sifatida 



davalat  ro'yxatidan  o'tganda  keyin  SK    477-moddasiga  muofiq  notijorat  tashkilot 

sifatida  o‘z  faoliyatining    advokatlar  tomonidan  huquqiy  yordam  ko‘rsatish  bilan 

bog‘liq  qismi  bo‘yicha  soliqlar  va  yig‘imlar  to‘lashdan  ozod  qilinadi,  ammo 

bundan quyidagilar mustasno: 

bojxona to‘lovlari; 

ijtimoiy soliq; 

avtotransport yig‘imi; 

to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar. 

Agarda  Akhmedov  and  partners”  firmasi  tomonidan  tadbirkorlik  faoliyati 

amalga  oshirilgansa  (yuridik  yordam  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan)  soliqlar 

va  yig‘imlarni  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  yuridik  shaxslar  uchun 

SK nazarda tutilgan tartibda to‘lashu lozim. 

Mazkur  holatda  Akhmedov  and  partners”  firmasi  QQS  solig’ini  to’lamaydi. 

Faqatgina,  advokatlar  tomonidan  yuridik  yordam  ko‘rsatganlik  uchun  olinadigan 

gonorarlar  summasidan  belgilangan  tartibda  jismoniy  shaxslardan  olinadigan 

daromad solig‘i to’laydi. 



E’tibor  qaratishimiz  lozim  bo‘lgan  ikkinchi  masala  bu  Akhmedov  and 

partners” firmasi “Baker and Makkenzi” advokatlik firmasiga (AQSH) unga o'quv 

seminari  o'tkazganligi  uchun  to'langan  summadan  23  million  miqdorida  daromad 

va  QQS  soliqlarini  ushlab  qolishi  va  to'lashi  kerakligini  bildirgani  hamda  . 

«Akhmedov  and  partners»  advokatlik  firmasining  norezidentlar  tomonidan 

ko'rsatiladigan xizmatlarga  QQS to'lanmaydi  deb hisoblab soliqni to'lashdan  bosh 

tortishi. Ushbu holatda “Baker and Makkenzi”  advokatlik firmasi tomonidan soliq 

to’lanihi  lozim.  Soliq  Kodeksining  237-moddasi  3-qismida  O'zbekiston 

Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik 

shaxslari,  agar  tovarlarni  (xizmatlarni)  realizatsiya  qilish  joyi  deb  O'zbekiston 

Respublikasi e'tirof etilsa soliq to’lashlari lozimligi belgilab qo’yilgan. Yuqoridagi 

holatda “Baker and Makkenzi” advokatlik firmasi o'quv seminari o'tkazib xizmat 

ko‘rsatganligi  aytib  o‘tilgan.  Demak  ushbu  vaziyatda  “Baker  and  Makkenzi” 


 

advokatlik  firmasi  o’z  xizmatlarini  O‘zbekiston  hududida  realizatsiya  qilyapti. 



Realizatsiya  qilish  tushunchasi  SK  46-moddasida  keltirib  o‘tilgan.  Unga  ko‘ra 

tovarlarga  bo'lgan  mulk  huquqini  haq  olish  asosida  o'tkazish  yoki  haq  evaziga 



xizmatlar  ko'rsatish,  shu  jumladan  qarzdor  garov  bilan  ta'minlangan 

majburiyatlarini  bajarmaganda  garovga  qo'yilgan  tovarlarni  ayirboshlash  va 



o'tkazish tovarlarni yoki xizmatlarni realizatsiya qilish deb e'tirof etiladi. 

 

Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling