172-modda. Yonilg’i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish
Yonilg’i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.17.00.00 Савдо / 09.17.16.00 Савдо қоидаларини бузганлик учун жавобгарлик]
173-modda. Standart talablariga yoki texnik shartlarga javob bermaydigan yonilg’i-moylash materiallarini realizatsiya qilish
Standart talablariga yoki texnik shartlarga javob bermaydigan va ko’plab zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilg’i-moylash materiallarini realizatsiya qilish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |