Dasturning mazmuni
Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining tarkibiy mazmuni
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
2. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining tarkibiy mazmuni.
Har bir fan o’zining tadqiqot predmetiga, izlanish va o’rganishi lozim bo’lgan obyektiga ega. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fani ham bevosita soliqlar bilan bog’liq iqtisodiy-ijtimoiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlarni tartibga solish jarayonlarini o’rganadi. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fani obyekti bevosita iqtisodiy va huquqiy tushunchalar bilan chambarchas bog’liqdir. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid ma’muriy ishlarni ko’rib chiqish, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi uchun ta’sir choralarini qo’llash, soliq to’lovchilar tomonidan qonun buzilishi holati yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va soliqqa oid qonun hujjatlarini buzilishi yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish fanning asosiy vazifalaridandir. Soliqqa oid qonun buzilishlariga nisbatan jazoning muqarrarligini fuqarolarga soddaroq va tushunarli qilib yetkazish bugunning muhim vazifalaridandir. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish o’z tadqiqot predmetiga ega huquqiy fan sohasi sifatida rivojlana borib, davlat tomonidan soliqlarni undirilishini nazorat qilish, soliq to’lovchilar tomonidan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, soliq tekshiruvlarining obyektlari va subyektlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, javobgarlik masalalari va boshqa jihatlarini o’rgatuvchi fandir. Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy amaliyotni tashkil etish bevosita iqtisodiy tushuncha bo’lganligi bois moliya munosabatlari bilan ham bog’langandir. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fani predmetining muhim xususiyati shundaki, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarga iqtisodiy kategoriya sifatida tushunish, ular bilan bog’liq davlat boshqaruv organlari va boshqa ishtirokchilar o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlarga huquqiy yondashish, tadqiq etish va o’rganish hisoblanadi. Odatda nazariyotchi olimlar tomonidan ma’muriy amaliyotni tashkil etishning predmeti bu o’rganilgan va tadqiqot etilgan iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy tushunchalar sifatida qarashsa, faning obyekti tushunchasiga o’rganilganligi bilan birga hali o’rganilmagan va to’la tadqiq etilmagan munosabatlarni ham kiritishadi. Mamlakat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri soliqlar hisoblanadi. Soliq tizimini tartibga solish va takomillashtirishga qaratilgan samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borish, jumladan moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiy-ijtimoiy va yuridik asoslangan huquqiy jihatdan tartibga solingan aniq soliq tartibi amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning qo’llab-quvvatlanishini ta’minlashga, soliq intizomini yaxshilashi, mamlakatda olib borilayotgan soliq tizimidagi islohotlarning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatishiga xizmat qiladi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling