Dasturning mazmuni


Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining davlat soliq xizmati organlari uchun mutaxassislar tayyorlashdagi o’rni va roli


Download 1.98 Mb.
bet6/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining davlat soliq xizmati organlari uchun mutaxassislar tayyorlashdagi o’rni va roli.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish davrida soliqlar va ularga tenglashtirilgan to’lovlar davlatning asosiy daromad manbasi hisoblanib, ularning o’z vaqtida to’g’ri hisoblanishi, davlat budjetiga to’liq hamda o’z vaqtida o’tkazilishi ustidan soliq nazoratini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Soliqlar va soliqqa tortish ixtisosligi o’quvchilariga soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’lovchilarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini soliq qonunchiligiga rioya etish nuqtai nazardan nazorat qilishning huquqiy, uslubiy va tashkiliy asoslarini o’rganishlari lozim bo’ladi. Buning uchun esa o’quvchilar soliq to’lovchilarga nisbatan soliq majburiyatining yuzaga kelishi, soliq nazorati, uning shakllari, turlari, nazorat qiluvchi vakolatli organlar, ularning huquqlari va majburiyatlari, tekshirish o’tkazish tartiblari, tekshirish natijalarida aniqlangan soliq qonunchiligi buzilish holatlari bo’yicha ma’muriy yoki moliyaviy jazo choralarini qo’llash bo’yicha etarli darajada malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim. Qolaversa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan soliq siyosatidagi ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish ushbu soha mutaxassislaridan chuqur iqtisodiy bilimga ega bo’lishni talab etadi.

Bu fanni to’liq o’zlashtirgan o’quvchi ma’muriy amaliyotni tashkil etishga oid quyidagi bilimlarga ega bo’ladi va amaliy ko’nikmalar o’zlashtiradi:



  • Soliq qonunchiligiga oid tekshiruvlarning nazariy, huquqiy, uslubiy va tashkiliy asoslarini;

  • Xujjatli, nazorat tartibida va tezkor o’tkaziladigan tekshiruvlarning mohiyati va xususiyatlarini;

  • Tekshiruv natijalari haqida shakllantiriladigan tekshiruv materiallarining tarkibi, ularni rasmiylashtirish tartiblarini;

  • Tekshiruv materiallarini rasmiy ro’yxatdan o’tkazish, aniqlangan huquq buzilish xolatlari bo’yicha ma’muriy yoki jinoiy chora ko’rish va ularni bajarilishini nazorat qilish bilan bog’liq ishlarni yuritishni.

  • Ma’muriy amaliyot yuritish bo’yicha soliq organlarining tekshiruv natijalari asosida rasmiylashtiriladigan xujjatlarni yuritish tartiblarini;

  • Nazoratchi, taftishchi tekshiruvchi va davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tushunchalarining amaliy tafsilotini;

  • Nazorat qilish vakolati berilgan funksiyaviy bo’limlar va ularning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini;

  • Davlat soliq xizmatining inspektorlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlarga mutaxassis sifatida qo’yiladigan talablarni.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling