Dasturning mazmuni
-modda. Mahsulot belgisi yoki xizmat ko’rsatish belgisi egasining huquqlarini buzish
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 178-modda. Raqobat to’g’risidagi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar to’g’risidagi qonun hujjatlarini va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish
177-modda. Mahsulot belgisi yoki xizmat ko’rsatish belgisi egasining huquqlarini buzish
Bir xil mahsulotlarni belgilash uchun mahsulot belgisidan yoki xizmat ko’rsatish belgisidan yoxud unga o’xshash belgidan mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzgan holda foydalanish — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Monopoliyaga qarshi organga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki o’z vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib haqiqatga to’g’ri kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim etish, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish to’g’risidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to’g’risidagi ko’rsatmalarini bajarishdan bo’yin tovlash, o’z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ko’rsatmalarini bajarishdan bo’yin tovlashi, ularni o’z vaqtida yoki lozim darajada bajarmasligi — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarni qo’shib yuborishda, qo’shib olishda hamda aktsiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish bo’yicha bitimlar tuzishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan harakatlarni kelishib olingan holda sodir etish va bitimlarni tuzish, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste’mol qilish, xuddi shuningdek tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etganlik — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Yaroqlilik muddati o’tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko’rsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko’rsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Ushbu moddaning uchinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling