179-modda. Auditorning qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishi, bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi
Auditorning auditorlik tekshiruvini o’tkazish chog’ida o’zi aniqlagan buxgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek moliyaviy hisobot tuzishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilganligi hollarini yashirishi, xuddi shuningdek auditorning bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi —
eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.04.00.00 Аудиторлик фаолияти / 09.04.07.00 Аудиторлик фаолиятининг бошқа масалалари]
Do'stlaringiz bilan baham: |