Tayanch so’z va iboralar: xo’jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyatlarni bajarish, tekshirish, ma’muriy chora ko’rish, yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar.
1.Soliq organlari tomonidan soliq nazoratini amalga oshirish shakllari.
O’zbekiston Respublikasining Davlat soliq xizmati to’g’risidagi qonuniga muvofiq, soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog’liq obyektlarni, budjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida hamda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |