Dasturning mazmuni


Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga jazo choralarini qo’llash


Download 1.98 Mb.
bet80/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga jazo choralarini qo’llash.

Qonuniy asoslarda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qonunga xilof ravishda, ya’ni O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida"gi Qonunida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tadbirkorlik faoliyati asoslari va tartibiga rioya etmagan holda daromad (foyda) olishga qaratilgan hamda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladigan tadbirkorlik faoliyati yuritishdan farqlay olishimiz lozim bo’ladi.

Qonunga xilof ravishdagi tadbirkorlik faoliyati, odatda, tadbirkorlik faoliyatini quyidagi ko’rinishlarda:

ro’yxatdan o’tmasdan;

maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan;

litsenziya olish qoidalarini buzgan holda amalga oshirishda ifodalanishi mumkin.

Ro’yxatdan o’tmasdan qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish deganda, yuridik shaxslar davlat reestrida va yakka tadbirkorlar davlat reestrida bunday yuridik shaxs tuzilganligi yoki jismoniy shaxs tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor maqomi olinganligi haqida yozuv mavjud bo’lmagan yoxud yuridik shaxs yoki jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyati tugatilganligi haqida yozuv mavjud bo’lgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tushuniladi.

Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish deganda, O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq litsenziyalovchi organning maxsus ruxsatnomasi olinishi talab etiladigan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan bunday ruxsatnomaga ega bo’lmagan holda shug’ullanish tushuniladi. Litsenziya, unda ko’rsatilgan faoliyat turini belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishga ruxsat beradigan, shuningdek mazkur faoliyatni amalga oshirish sharoitlarini belgilaydigan rasmiy hujjat hisoblanadi.

Litsenziyalash shartlarini buzgan holda qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish deganda, jumladan, ishlab chiqarilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga qo’yiladigan talablarga rioya etmaslik (masalan, mahsulotning yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sanasini ko’rsatish majburiyligi to’g’risidagi shartlar), litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirishga nisbatan qo’yilgan texnik talablarga rioya qilmaslik (masalan, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan sanitariya-gigiena sharoitlarining mavjud emasligi), faoliyatni litsenziyada ko’rsatilgan hududdan tashqarida amalga oshirish tushuniladi.

Qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun javobgarlik turini qonun bunday faoliyat natijasida olinayotgan nazorat qilinmaydigan daromad (foyda) miqdori, shuningdek shaxsning muqaddam aynan shunday harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganligi bilan bog’laydi. Bunda daromad (foyda) deganda, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish davrida mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan mazkur faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni ayirmagan holda olingan pul tushimi tushunilishi lozim.

Ro’yxatdan o’tishdan bo’yin tovlagan holda ancha miqdorgacha (MJtK 176-moddasi ikkinchi qismi), shu jumladan takroran ancha miqdorda (MJtK 176-moddasi uchinchi qismi), savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun har doim ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi.

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda - JK) 188-moddasining birinchi qismi bo’yicha jinoiy javobgarlik, basharti, ro’yxatdan o’tishdan bo’yin tovlab ancha miqdorda savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ma’muriy jazo qo’llanilganidan so’ng bir yil davomida (MJtK 37-moddasi) shunday qilmishni yana ancha miqdorda sodir etgan holdagina kelib chiqadi.

JK 188-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo’lganda, shaxs muqaddam ro’yxatdan o’tishdan bo’yin tovlab, savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligidan qat’iy nazar, jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.

Ruxsatnoma olinishi majburiy bo’lgan hollarda (MJtK 165, 176-3-moddalari, JK 190-moddasi), shaxsning harakatlarida maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish belgilari mavjudligi to’g’risidagi masalani hal etishda, sudlar, faoliyatning ayrim turlari (ularning ro’yxati qonunda belgilanadi) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) orqali amalga oshirilishi mumkinligidan kelib chiqishlari lozim.

Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olinishi lozim bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanish huquqi maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olingan paytdan yoki unda ko’rsatilgan muddatdan boshlab vujudga keladi va uning amal qilish muddati tugagandan so’ng (agar ruxsatnoma (litsenziya)da boshqa holat nazarda tutilmagan bo’lsa), shuningdek, ruxsatnoma (litsenziya) to’xtatilgan, muddatidan ilgari tugatilgan yoki bekor qilingan hollarda tugatiladi.

"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi Qonunning 4-moddasiga ko’ra, litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va litsenziya beruvchi organlar (vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari) amalga oshiradilar. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshiruvchi litsenziya beruvchi organlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Tadbirkorlik faoliyatining maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan amalga oshirilishi, agar aybdor ilgari (bir yil mobaynida) MJtK 165 yoki 176-3-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo’lsa, JK 190-moddasi birinchi qismi bilan javobgarlikni keltirib chiqaradi.

JK 190-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo’lganda, shaxs tadbirkorlik faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan amalga oshirganligi uchun ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qat’iy nazar, jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.

Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, quyidagi hollarda qayd etilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo’lmaydi, agar:

yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan shaxs, faoliyatning muayyan turini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo’la turib, qonunda ta’qiqlanmagan va u bilan shug’ullanish uchun maxsus ruxsatnoma. (litsenziya) olinishi talab qilinmaydigan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa;

tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga asosan shug’ullanayotgan shaxs litsenziya talablari va shartlarini buzsa (bu holat "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi Qonunning 22, 23-moddalariga muvofiq, faqat litsenziya amal qilinishini to’xtatishga yoki tugatishga sabab bo’ladi).

Qonun mazmuniga ko’ra, MJtK 165, 176, 176-3-moddalari, JK 188, 190-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar subyekti, nafaqat yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo’lgan shaxs, balki tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tmagan holda amalga oshirayotgan shaxs ham bo’lishi mumkin.

Tashkilot tomonidan (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda, javobgarlikka xizmat mavqeiga ko’ra tashkilotga doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo’yicha rahbarlik qilish majburiyati bevosita yuklatilgan shaxs (masalan, yuridik shaxs ijroiya organi rahbari yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz harakat qilish huquqiga ega bo’lgan boshqa shaxs), shuningdek, amalda tashkilot rahbarining majburiyati yoki vazifalarini bajarayotgan shaxs tortiladi.

Agar shaxs (tashkilot rahbari yoki tashkilotga doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo’yicha rahbarlik qilish majburiyati yuklatilgan shaxsdan tashqari) o’z faoliyatini ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan amalga oshirayotgan tashkilot bilan mehnat munosabatlarida bo’lsa, bunday shaxs tomonidan mehnat shartnomasidan kelib chiqayotgan majburiyatlarning bajarilishi MJTK 165, 176, 176-3-moddalari va JK 188, 190-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik tarkibini tashkil etmaydi.

Agar tadbirkorlik faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan amalga oshirayotgan shaxs, ayni paytda ro’yxatdan o’tishdan ham bo’yin tovlasa, uning harakatlari JK 188 va 190-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanganlikda va bunday faoliyat natijasida olingan daromaddan soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lamaganlikda aybdor deb topilgan shaxsning harakatlari JK 188 yoki 190-moddalari bilan to’liq qamrab olinadi va JK 184-moddasi bilan qo’shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.

Shaxs daromad olish maqsadi bo’la turib, JK boshqa moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan noqonuniy faoliyat bilan (masalan, o’q otar qurollar, o’q-dorilar, portlovchi moddalar, portlovchi uskunalar, giyohvand vositalar yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o’tkazish), shug’ullangan hollarda, uning qilmishi JK 188-moddasi bilan qo’shimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslar jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplagan, aybiga iqrorlik va chin ko’ngildan pushaymonlik bildirgan hollarda, dastlabki tergov organlari va sudlar, JK 65, 66, 70, 71-moddalariga asosan ularni tegishlicha jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari shartdir.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling