Dasturning mazmuni
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
Tayanch so’z va iboralar: soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jarima, ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish, musodara, g‘ayriqonuniy aybli qilmish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
1.Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma. Davlat soliq xizmati organining tekshirish va nazorat qilish qonun hujjati bilan zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxsi yuridik va jismoniy shaxslar ustidan soliq nazoratini amalga oshirish chog’ida, shuningdek soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda ma’muriy huquqbuzarlik alomatlarining mavjudligi aniqlanganda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs(lar)ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomada MJTKning 281-moddasi talablariga muvofiq quyidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi: - bayonnoma tuzilgan sana, vaqt va joy, bayonnomani tuzgan xodimning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; - huquqbuzarlik sodir etilgan joyi va vaqti; - huquqbuzarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, oyi, kuni, yashash joyi, ish joyi va mansabi, fuqaroligi; - huquqbuzarlikning mohiyati; - sodir etilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi MJTKning moddasi, qismi; - agar guvohlar yoki xolislar va jabrlanuvchilar bo’lsa, ularning familiyasi, ismi va yashash manzillari; - huquqbuzarning tushuntirishi; - ishni hal qilish uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlar. Basharti huquqbuzarlik tufayli moddiy zarar yetkazilgan bo’lsa, bu ham bayonnomada ko’rsatiladi. Bayonnoma uni tuzgan shaxs va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi; guvohlar va jabrlanuvchilar bo’lgan taqdirda esa - bayonnoma mazkur shaxslar tomonidan ham imzolanadi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda yozib qo’yiladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir. Bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga MJTKning 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi va bu xususda bayonnomaga yozib qo’yiladi. Basharti aynan bir huquqbuzarlik bir necha shaxs tomonidan sodir etilgan bo’lsa, bayonnoma har bir huquqbuzar uchun alohida tuziladi. MJTKning 287-moddasining sakkizinchi bandiga muvofiq, ma’muriy yo’l bilan ushlab turish MJTKning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o’zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining uchinchi qismida, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 1764 –moddasining ikkinchi qismida, 1861, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda davlat soliq organlarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling