Дата вступления в силу
“Aqlli suv ta’minoti va oqova suv”
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
48-сон 18.01.2019. O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. “Aqlli uy-joy kommunal xo‘jaligi”
5. “Aqlli suv ta’minoti va oqova suv”
“Aqlli suv ta’minoti va oqova suv” — sel oqimlarini taqsimlash tizimi, xavfsizlik va nazorat, uni boshqarish hamda toshqinlardan ogohlantirish tizimlarini integratsiya qilish yo‘li bilan onlayn-gidravlik modellar, avtomatlashtirilgan suv havzalari, suvni tarqatish va uning yo‘qotilishini avtomatik aniqlash bazasi orqali suv ta’minotini boshqarishdan iborat. “Aqlli suv ta’minoti va oqova suv” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi: geografik axborot tizimini joriy etish orqali yagona axborot tizimi; suv ta’minoti va oqova suv iste’molchilari va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarini hisobga olish tizimi; suv o‘tkazgichlar va oqova suv tarmoqlari yo‘nalish xaritalarining elektron shakllar tizimi; bosim regulyatorlari va elektron uzatkichlar o‘rnatilgan tarmoqlarda suv ta’minoti va oqova suv tizimi; markaziy dispetcherlik xizmati — ishlarini avtomatlashtirish tizimi va onlayn tizimda monitoring olib borish; suv oqib ketishi holatlari aniqlanganda suv ta’minotini to‘xtatish tizimi; favqulodda vaziyatlarda butun uyni isitish kranlarini yopish tizimi; avariya holatlari sodir bo‘lganda suv bilan ta’minlovchi nasoslarni o‘chirish tizimi; nasos va jo‘mraklar ishlashini boshqarish orqali saqlash tizimidagi suv sathini boshqarish tizimi; sensorli smestitellar va kranlarga nasadkalar o‘rnatgan holda amalga oshiriladigan suv ta’minoti texnologiyalarini joriy qilish. 6. “Aqlli uy-joy kommunal xo‘jaligi” “Aqlli uy-joy-kommunal xo‘jaligi” — bu barqaror va iqtisodiy samarali uy-joy kommunal xo‘jaligi hisoblanib, intellektual hisoblash, monitoring va nazorat orqali kommunal resurslar va xizmatlarning iste’molini yuritish va ta’minlash, shuningdek, iste’molchilarning manfaatlari va texnologiyalar rivojlanishi hisobga olingan holda xizmat ko‘rsatish orqali muvofiqlashtiriladi; “Aqlli uy-joy-kommunal xo‘jaligi” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi: keyinchalik tegishli instansiyalarga yetkazilishi hisobga olingan holda hisoblagichlarning ko‘rsatishini aniqlash jarayonini avtomatlashtirish; uyni energiya bilan ta’minlash holati to‘g‘risidagi ma’lumotni iste’molchining qurilmasiga yetkazish tizimlari; kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus xizmat ko‘rsatish va shaxsiy ofislar tizimi; kommunal resurslar iste’molchilari va ta’minotchilari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash bo‘yicha smart-hisoblagichlarni (“aqlli hisoblash asboblari”) joriy qilish, ma’lumotlar tizimi; to‘lovlarni monitoring qilish tizimlari; infratuzilmani boshqarish tizimlari; energiya resurslarini o‘zlashtirish holatlarini aniqlash va uning oldini olish tizimlari; energiya samaradorligini oshirish usullari va tizimlari; suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash orqali suv sarfini va suv ta’minoti narxini kamaytirish tizimlari; iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishning ochiq platformalari. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling