Дата вступления в силу


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana26.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1126544
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
48-сон 18.01.2019. O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida



25.01.2023, 18:43
48-сон 18.01.2019. O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/ru/docs/-4171067?ONDATE=04.06.2020
1/15
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.01.2019 yildagi 48-son
Дата вступления в силу
19.01.2019
Hujjat 04.06.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA “AQLLI SHAHAR” TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH
KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Aholi turmush darajasini oshirish, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etish,
ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va hududlarni rivojlantirish uchun munosib shart-sharoitlar
yaratish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida
belgilangan vazifalarni izchillik bilan
amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasi
(keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 
1-ilovaga 
muvofiq;
2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy
etish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda
Chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) 
2-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vazirliklar, idoralar, mahalliy
davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga Konsepsiya hamda Chora-tadbirlar
rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda va ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlashda belgilangan tartibda ko‘maklashsin.
3. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari:
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tatbiq etish hamda ilmiy-ta’lim muassasalari,
nodavlat notijorat tashkilotlari, mustaqil ekspertlar (maslahatchilar), investorlarni, shu
jumladan xorijlik investorlarni keng jalb etish yo‘li bilan Konsepsiya va Chora-tadbirlar rejasida
nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini;
Konsepsiya va Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarga muvofiq aholi
turmush darajasini oshirish, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etish, ijtimoiy
infratuzilmani yaxshilash va hududlarni rivojlantirish uchun munosib sharoitlar yaratilishini
ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R.
Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov
zimmasiga yuklansin.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling