Datchiklar va sensorlar Sensor (datchik), birlamchi oʻzgartirgich
Download 463.53 Kb.
|
IoT 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktuator
- Qayta ishlash yadrosi
- M2M (Machine-to-Machine)
1-amaliy ish Datchiklar va sensorlar Sensor (datchik), birlamchi oʻzgartirgich — oʻlchanayotgan fizik kattalik (bosim, temperatura, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan vosita. Aktuator - bu boshqarish moslamasi tomonidan boshqariladigan, dvigatelga ega yoki ega bo'lmagan (elektromexanik yoki mexanik) to'liq universal qurilma. Sensor tarmogʽi - bu voqea yoki hodisani qayd etish, kuzatish va oʽrganish maqsadida datchiklar, hisoblash bloklari va aloqa elementlaridan tashkil topgan tuzilma hisoblanadi. Qayta ishlash yadrosi - bu protsessorga o'rnatilgan dastur tomonidan belgilab berilgan algoritmga muvofiq signallarni qayta ishlashni amalga oshirishga qaratilgan hisoblash harakatlarini bevosita amalga oshiradigan asosiy element. Simsiz sensor tarmogʽining tuzilishi Oddiy sensorlar tarmogʽi datchiklar, kontroller va aloqa tizimlaridan tashkil topgan boʽladi. Sensor tarmogʽidagi aloqa simsiz aloqani tashkil etish protokollari yordamida amalga oshirilsa, u holda bu tarmoqlar simsiz sensor tarmoqlari yoki oddiygina WSN (Wireless Sensor Networks) deb ataladi. Hodisalar fizik dunyo, sanoat muhiti, biologik tizim yoki IT (axborot texnologiyalari) infratuzilmasi kabi har qanday narsalar bilan bogʽliq boʽlishi mumkin, shu oʽrinda nazorat qiluvchi subekt oddiy foydalanuvchilar, hukumat, fuqarolar, harbiy yoki sanoat korxonasi boʽlishi mumkin. M2M (Machine-to-Machine) - bu qurilmalarning bir-biri bilan aloqa qilishiga imkon beradigan texnologiyalarning umumiy atamasi. Bu ma'lumotni bir qurilmadan ikkinchisiga uzatuvchi simli va simsiz sensor tizimlari hisoblanadi. LPWAN (inglizcha Low-Power Wide-area Network) - tarqatilgan telemetriya tarmoqlari, mashinadan mashinaga aloqa va narsalar Internetida ishlab chiqilgan kichik hajmli ma'lumotlarni uzoq masofalarga uzatish uchun simsiz texnologiya. LPWAN - bu turli xil uskunalardan ma'lumotlarni yig'ish uchun muhit yaratadigan simsiz texnologiyalardan biri: datchiklar, hisoblagichlar va sensorlar. Download 463.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling