Terminlar Elektr kuchlanish
Download 15.76 Kb.
|
Glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr maydon
- Elektr oʻtkazuvchanlik
- Elektron
Terminlar Elektr kuchlanish — elektr va tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni zanjirning aniq bir qismida koʻchirishida bajargan ishiga teng boʻlgan fizik kattalik Elektr toki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr yurituvchi kuch — (EYUK) oʻzgaruvchan yoki oʻzgarmas tok energiya manbalarida tashqi (potensial) kuchlar taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik. Elektr maydon — elektr zaryadlar yoki oʻzgaruvchan magnit maydon hosil qilgan fizik maydon. Vaqt boʻyicha oʻzgarmaydigan Elektr maydon elektrostatik maydon ). Elektr maydon tushunchasini birinchi boʻlib M. Faradey 19-asr 30-yillarida kiritgan. Elektr qarshilik — elektr zanjiri (yoki zanjir bir qismi)ning elektr tokka koʻrsatadigan aks taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik; omlarda oʻlchanadi. Elektr qarshilik elektr energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishiga bogʻliq; elektr energiyasi oʻzgarmaydigan jarayondagi elektr qarshilikni aktiv qarshilik, tok manbai energiyasi elektr yoki magnit maydoniga uzatiladigan jarayonlardagi elektr qarshilikni reaktiv qarshilik deyiladi. Elektr oʻtkazuvchanlik — tashki elektr maydon taʼsirida moddada elektr zaryadlarning koʻchishini ifodalaydigan tushuncha; jismning elektr tokini oʻtkazish xususiyati va bu xususiyatni miqdoran ifodalaydigan fizik kattalik. Elektr sigʻimi — oʻtkazgichning elektr zaryad toʻplash xususiyatini ifodalovchi elektr kattalik. Miqsor jihatidan yakkalangan oʻtkazgichning potensialini bir birlikka oʻzgartirish uchun zarur zaryad miqdoriga teng . Amalda kondensatorlarni parallel, ketma-ket yoki aralash ulash yoʻli bilan zarur Elektr sigʻimi olinadi. Elektron (elektro...) — fizika fanida birinchi kashf qilingan, eng kichik elektr zaryadga ega boʻlgan elementar zarra. E.ni 1897 yilda ingliz fizigi J. J. Tomson kashf etgan. Download 15.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling