TAYANCH IBORALAR:
Uilyam Petti. Angliya klassik siyosiy iqtisodining asoschisi. U 1623-
yilda Angliyaning janubidagi Romsi shahrida hunarmand-to'qimachi oilasida
tug'ilgan. U. Petti har tomonlama yuksak bilimli inson bo‘lgan. Kapitalistik
tuzumni tabiiy va abadiy deb hisoblagan. Tovaming almashuv qiymatini
tan olgan. Statistika («Siyosiy arifmetika») faniga asos solgan. Aholiga boylik
yaratuvchi sifatida qaragan.
Pyer Buagilber.
(1646-1714) Fransiya klassik iqtisodiy maktabining
asoschisi. «Fransiyaning to‘la tavsifi», «Fransiya to‘g‘risida varaqa»,
«Boyliklar tabiati to ‘g‘risida traktat» kabi asarlar muallifi. Agrar sohaning
rivojiga e’tibor berdi, kolberizmga qarshi kurashdi, soliq tizimini isloh
qilishni taklif etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |