Adam Smit (1723-1790).
Iqtisodchi va faylasuf, ingliz burjida klassik
siyosiy iqtisodi namoyandasi. Bojxona xodimining o ‘g‘li. «Ma’naviy
tuyg‘ular nazariyasi», «Xalqlar boyligining kelib chiqishi va sabablari
xususida tadqiqot» va boshqa asarlar muallifi. Mehnat taqsimoti (vaqtdan,
malaka oshishdan, mashina qo‘llashga imkon yaratishdan) uch yutuq
berishni isbotlagan. Davlatning iqtisodga aralashuvi imkoni boricha kam
bo‘lishi kerak deydi.
Qiymat
- tovar ishlab chiqaruvchilaming tovarda gavdalangan va unda
moddiylashgan ijtimoiy mehnati .
Mehnat-
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun inson sarflaydigan
jismoniy va aqliy kuch-g‘ayrat.
David Rikardo (1772-1823)
-klassik iqtisodiy maktabning atoqli
vakillaridan biridir. U biijada yirik ish yurituvchi yahudiy oilasida tug‘ilgan.
Mehnat taqsimotini korxona darajasidan mamlakatlarga ham joriy etishni
taklif etgan, nisbiy ustunlik, nisbiy tizimlar ustunligi nazariyasiga asos
solgan.
113
Mehnat
taqsimoti-murakkab katta ishlab chiqarishlarni bir necha kichik
ishlab chiqarishlarga bo‘lish; unda har bir ishchi bir necha aniq operatsiyani
bajaradi.
Renta
-tabiiy resurslar egasining mazkur ishlab chiqarish omilidan
foydalanish huquqini berish evaziga oladigan daromadi.
Laissez
faire-fransuzchadan aynan taijima qilinganda «bilganini qilsin»
degani. Ushbu atama davlatning iqtisodiyotiga kamroq aralashuvi siyosatiga
taaJluqli.
Kapital-tovarlar va ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadini ko‘zlovchi
sarmoya. Kapital deganda amaliy operatsiyalar haqini to ‘lash uchun
ishlatiladigan pul ham tushuniladi.
Tovar-bozorda oldi-sotdi orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |