Davlat aktivlarini boshqarish agentligi navoiy viloyati hududiy boshqarmasi
Download 249.87 Kb. Pdf ko'rish
|
Умумий эслатма хат
- Bu sahifa navigatsiya:
- 03/18-03/184-sonli Davlat ishtirokidagi jamiyat va korxonalar rahbarlariga
- “kpi.davaktiv.uz”
- 2023-yil 1-mart
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI NAVOIY VILOYATI HUDUDIY BOSHQARMASI 210100, Navoiy shahri, S.Ayniy ko‘chasi, 27-uy Tel: + 998 (79) 220-62- 01, 225-24-49. e-mail: navoiy@davaktiv.uz, www.gkknavoi.uz 2023-yil 02-fevral 03/18-03/184-sonli Davlat ishtirokidagi jamiyat va korxonalar rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-iyuldagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risi”dagi nizomning 31-bandida Ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligining tizimli monitoringini tashkil etish maqsadida, tashkilotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) rasmiy veb-saytidagi tegishli shaklni to‘ldirish yo‘li bilan, Agentlikka SMKni elektron ko‘rinishda “kpi.davaktiv.uz” axborot tizimiga 1- chorak, yarim yillik va to‘qqiz oy yakuni bo‘yicha - hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasidan, yil yakuni bo‘yicha – hisobot davridan keyin 1-martdan kechiktirmay kiritib borilishi belgilangan. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksi 215 1 -moddasi: Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish, —bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanganligini eslatib o‘tamiz. Yuqoridagilarni inobatga olib, Siz rahbarlik qilayotgan jamiyat yoki korxona tomonidan 2022-yil (2022-yil 4-chorak uchun) yakunlari bo‘yicha biznes-reja ko‘rsatkichlarini 2023-yil 1-mart kuniga qadar Agentlikning “kpi.davaktiv.uz” axborot tizimiga kiritilishini taʼminlashingiz so‘raymiz. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari M.Jo‘raqulov Ma’lumot uchun: 79-225-07-73 IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: YR40702504 Download 249.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling