Davlat Bojxona Qo’mitasining


Download 23.38 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi23.38 Kb.
#134826
Bog'liq
Harbiy tayyorgarlik2


Davlat Bojxona Qo’mitasining

Bojxona Instituti “Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash)

120-o’quv guruhining kursanti

Murodova Marjonaning

Harbiy tayyorgarlik” fanidan tayyorlagan



Topshiriqlari

Savollar:

1. O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona organlarining INTIZOM nizomi qachon qabul qilingan.

2. Bojxona Instituti kursantlariga rag’batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo’llash tartibiga izoh bering

3. Boshliqning harakatlari ustidan shikoyat qilsih tartibi

4.Yakka boshchilik deganda nimani tushunasiz ?

5.Buyruq (buyruqnoma ), uni berish va ijro etish tartibi.Harbiy xizmatchilarning tashabbusi.

6. Harbiycha salomlashish nimani namoyon etadi

7. Harbiy xizmatchilarning xushmuomalaliklari va namunaviy xulqlari haqida tushuncha bering .

Javoblar:

1 . Intizom nizomi - harbiy intizomning mohiyatini, harbiy xizmatchilarning unga rioya qilish boʻyicha majburiyatlarini, ragʻbatlantirish va intizomiy taʼzirlarning koʻrinishlarini, komandirlarning (boshliqlarning) ularni qoʻllash boʻyicha huquqlarini, shuningdek, taklif, ariza va shikoyatlar berish va ularni koʻrib chiqish tartiblarini aniqlab beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 oktyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan.

Intizom nizomi. Oʻzbekiston Respublikasi Chegara qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari, boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning harbiy xizmatchilariga nisbatan bir xil kuchga egadir. Bundan tashqari, Intizom nizomi qoidalari harbiy xizmatdan harbiy ust-bosh kiyib yurish huquqi bilan boʻshatilgan fuqarolarga nisbatan harbiy ust-bosh kiyib yurgan paytda oʻz kuchiga egadir.

2 . Bojxona organi xodimini lavozimdan lavozimga o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

yuqori lavozimga — xizmat bo‘yicha ko‘tarilish yoki rag‘batlantirish tartibida;

Bojxona organi xodimining maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta tiklanguniga qadar o‘tagan xizmat muddati navbatdagi unvonni berish muddatiga qo‘shilmaydi.

Xizmat majburiyatlarini namunali bajarayotgan, xizmat burchini bajarishda fidoyilik va qahramonlik ko‘rsatgan bojxona organlari xodimlariga bojxona organlari ofitsyerlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan ilgari berish tarzida yoki egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilganidan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berish tarzida rag‘batlantirish chorasi ularning bojxona organlaridagi butun xizmati davrida faqat bir marotaba qo‘llanilishi mumkin.

Bir vaqtning o‘zida muddatidan ilgari maxsus unvon hamda egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilganidan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Pensiya olish huquqini, shuningdek navbatdagi maxsus unvonni berish imkonini beradigan xizmat yillariga ega bo‘lgan, egallab turgan lavozimi bo‘yicha eng yuqori maxsus unvoni “kapitan” etib belgilangan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojxona organlarining ofitsyerlar tarkibidagi xodimlariga xizmatdan bo‘shatish bilan bir vaqtda “mayor” maxsus unvoni berilishi mumkin.

Bojxona organlari xodimlariga navbatdagi maxsus unvonlarni berish quyidagi hollarda kechiktiriladi:

xodim O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ixtiyorida bo‘lganda;

xodimda amaldagi intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lganda;

xodim navbatdagi attestatsiyadan shartli ravishda o‘tganida;

xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda;

xodim egallab turgan lavozimidan intizomiy jazo chorasi sifatida ozod etilganda va boshqa lavozimga o‘tkazilganda — lavozimidan ozod etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida.

Bojxona organlarining ofitsyerlar tarkibidagi xodimlariga maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berilishi mumkin. Bunda pasaytirish “leytenant” maxsus unvonigacha amalga oshirilishi mumkin. Maxsus unvonni pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berish faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.

3 . Bojxona organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Bojxona organlarining intizomiy ustaviga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Bojxona organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga sabab bo‘ldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.

Bojxona organlarining xodimlari o‘ziga nisbatan qabul qilinayotgan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) yuzasidan yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Bojxona organi xodimi bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud sudga murojaat etib, o‘zining xizmatdan bo‘shatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.

4 . Yakka Boshchilik bu komandirlar(boshliqlar ) va ularga bo’ysunuvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni belgilovchi asosiy mezon hisoblanadi. Yakka boshchilik komandirga (boshliqqa )vaziyatga atroflicha berilgan bahoga asoslanib , o’z qaror qabul qilish , qonun hujjatlari va O’zbekiston Respublikasi umumharbiy nizomlari talablariga qat’iy rioya qilgan tarzda buyruqlar berish va ushbu buyruqlar ijrosini ta’minlashga haq –huquqlari berilganligida ifodalanadi. Buyruqning muhokama qilinishiga yo’l qo’yilmaydi , bo’ysunmaslik yoki qonuniy buyruq bajarmagan uchun harbiy xizmatchi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan javobgarlikka tortiladi.

5 . Buyruq bo’ysunish pog’onasi bo’yicha beriladi . Vaziyat taqozo etgan taqdirda katta komandir o’ziga bo’ysunuvchiga, uning bevosita komandirini chetlab o’tgan tarzda buyruq berish huquqiga ega hisoblanadi. Komandirning buyrug’i so’zsiz , aniq va o’z vaqtida bajarilishi shart . Buyruq olgan harbiy xizmatchi “xo’p bo’ladi “ deb , buyruq ijrosiga kirishadi. Berilgan buyruq bo’ysunuvchi tomonidan to’gri anglab yetilganiga ishonch hozil qilishi zarur bo’lsa , buyruq bergan komandir bo’ysunuvchidan buyruq mazmunini qisqacha takrorlashni talab qilishi mumkin , buyruqni olgan harbiy xizmatchi esa –komandirga buyrug’ini takrorlash yoki uning mazmuniga aniqlik kiritib berishi uchun murojaat qilishga haqlidir.

Agar buyruq bajarayotgan harbiy xizmatchi xizmat mavqeyi bo’yicha katta sanaladigan boshqa boshliqdan muqaddam olingan buyruq ijrosiga halaqit beradigan yangi buyruq olsa , harbiy xizmatchi bu haqida birinchi buyruqni bergan boshliqqa bildiruv beradi. Shu jumladan, yangi buyruqni bergan, birinchi buyruqn bergan boshliqni xabardor qiladi. Harbiy xizmatchi o’z oldiga qo’yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish maqsadida oqilona tashabbus ko’rsatishga majburdir . Olingan buyruq keskin o’zgargan vaziyatga mos kelmagan , sharoit esa yangi buyruq olish imkonini bermaydigan hollarda tashabbus ko’rsatish zarur bo’ladi.

6 . Harbiycha salom berish amali harbiy xizmatchilar o’rtasida o’zaro hurmat mavjudligi haqida dalolat berib , umumiy madaniyatlarni namoyon etadi. Barcha harbiy xizmatchilar bir-biri bilan uchrashgan fursatda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomida bayon etilgan qoidalarga aniq rioya etgan tarzda harbiycha salom berish amalini bajarib o’tishga majburdirlar. Bo’ysunuvchi yoki harbiy unvoni kichik bo’lgan harbiy xizmatch birinchi bo’lib harbiycha salom beradi, ularning lavozim va harbiy unvonlari teng bo’lsa , o’zini ko’proq tarbiya ko’rgan va xushmuoamala deb biladigan harbiy xizmatchi brinchi bo’lib harbiycha salom beradi. Saf tortgan harbiy qism va bo’linmalar komanda bo’yicha quyidagi shaxslarga harbiycha salom beradilar:

O’zbekiston Respublikasi prezidenti , O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va Qonunchilik Palatasi Spikeri , O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga , o’zlarining vazirlik va idoralari rahbarlariga , Qoraqalpog’iston Respublikasi Yuqori Kengashi raisi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirlar kengashining raisiga , ularning hududidagi harbiy qismlarga.

7 . Harbiy xizmatchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bir-biriga bo’lgan hurmatga asoslanadi. Ular xizmat masalalari bo’yicha bir-biriga sizlab murojaat qilishlari lozim . Harbiy unvonlar shaxsiy muloqot mobaynida qo’shin yoki xizmat turining nomi qo’shilmay aytiladi. Boshliq bo’ysunuvchiga xizmat yuzasidan murojaat qilganida , uning harbiy unvoni va familyasini aytib chaqiradi. Agar harbiy unvon aytib chaqiriladigan bo’lsa , ushbu unvon oldida “O’rtoq” so’zi qo’shib aytiladi.



Harbiy unvonlarni buzib talaffuz etish, beadab so’zlarni qo’llash, bir-biriga laqab qo’yib chaqirish va qo’pollik va betakalluflik kabi holatlar harbiy xizmatchilarning or-nomusi va qadr-qimmatiga mutlaqo zid tushunchalardir. Harbiycha xushmuomalalik , yurish –turish va salomlashish qoidalariga amal qilish harbiy kiyim kiygan rezervdagi va iste’fodagi fuqarolarga ham majburiydir. Ular harbiy kiyim kiyishning belgilangan qoidalariga qat’iy amal qilishlari lozim.
Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling