Davlat Bojxona Qo’mitasining
Download 19.42 Kb.
|
Harbiy tayyorgarlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- Mudofaa
Davlat Bojxona Qo’mitasining Bojxona Instituti “Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash) 120-o’quv guruhining kursanti Murodova Marjonaning “Harbiy tayyorgarlik” fanidan bajargan topshiriqlari Topshiriqlar:Doktrinaning mudofaa xususiyati nimada? Qurolli mojaroga tavsif bering ? Mamlakat mudofaasi tavsif bering? Doktrina harbiy-strategik jihatlari. Mudofaa doktrinalari davlatlarning harbiy xavfsizlik sohasidagi siyosatini belgilab beradi. Shu bilan birga, Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi va zarur hollarda qo‘llashga doir yo‘nalishlarni belgilovchi rasmiy qarashlar, prinsiplar va yondashuvlar tizimlashgan, yaxlit jamlanma xususiyatiga ega muhim hujjat hisoblanadi. Mamlakatimizning davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan ushbu yangilangan hujjat shakli hamda mazmuni jihatidan ham bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mudofaa sohasidagi davlat siyosati asoslari, Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi va boshqa yo‘nalishlar ikkita hujjat bilan tartibga solib kelingan. Mazmunan bir-birini to‘ldirgan hujjatlarning biri ochiq tusda bo‘lsa, ikkinchisi maxfiy tusdagi xarakterga ega edi. Yangilangan Mudofaa doktrinasi esa jahon va mintaqadagi vaziyat, yuzaga kelayotgan xatar va tahdidlarga, mamlakat imkoniyatlariga mos holda ishlab chiqilgan hamda amalda ikkita doktrina o‘rnini egallaydi. Zero, ko‘pchilik xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko‘ra bunday doktrinalar mazmuni asosan ochiq tusga ega. Bizda ham bu yo‘l tanlangani tashqi siyosatimiz ochiqligi, yaqin qo‘shnilar bilan ishonchli, boshqa chet davlatlar bilan hamkorlikning yuksalishiga xizmat qiladi. Mudofaa tizimini harbiy-iqtisodiy ta’minlash, harbiy sanoatni rivojlantirishning istiqbol yo‘nalishlari belgilangani mazkur hujjatning yana bir muhim qirrasi, deb qarash lozim. Prezidentning Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori bilan mamlakatimizda mudofaa maqsadidagi buyurtmalar va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha yagona siyosatni muvofiqlashtirib boruvchi maxsus organ tuzilishi muhim voqea bo‘ldi. Davlat qo‘mitasi Mudofaatizimiga qurol-yarog‘, harbiy texnika, moddiy buyumlarni yetkazib berish va ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Bir qator davlatlar, harbiy texnika ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik kengaytiriladi. Mazkur doktrina harbiy sohadagi milliy xavfsizlikni ta’minlashga doir rasmiy qarashlar, prinsiplar va yondashuvlar tizimini o‘zida ifodalab, respublikaning qonun hujjatlariga va xalqaro huquq normalariga asoslanadi, mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, hozirda yuz berayotgan harbiy nizolar xususiyatidan kelib chiqadi, shuningdek, mudofaa sohasidagi davlat siyosatining istiqboldagi ustuvorliklarini, Qurolli Kuchlarni tayyorlash, tashkil etish va qo‘llash asosiy prinsiplarini hamda yo‘nalishlarini belgilab beradi. Shuningdek, harbiy sohada milliy xavfsizlikka tahdidlar ko‘lami o‘zgarishiga, harbiy-siyosiy vaziyat shart-sharoitlariga hamda hozirgi harbiy nizolar xususiyatiga, mamlakatning harbiy tuzilmani rivojlantirish vazifalari va yo‘nalishlariga qarab Mudofaa doktrinasining ayrim qoidalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlik kiritilishi va to‘ldirilishi mumkin. Bunda harbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan aniqlashtiriladi. 2. Qurolli mojarolar — cheklangan doiradagi harbiy nizolar (harakatlar va qurolli to‘qnashuvlar) hisoblanadi, bunda urush holati e’lon qilinmaydi. Qurolli mojarolar kelib chiqqan va O‘zbekiston Respublikasi bu mojarolarga tortilgan taqdirda Qurolli Kuchlar darhol ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radilar. O‘zbekiston Respublikasini, uning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchidir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar. Qurolli Kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar va qismlarni, shuningdek, boshqa harbiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. Qurolli Kuchlar o‘z faoliyatini qonun ustunligi, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi. 3. Mudofaa — jangovar harakat turlaridan biri. Dushman kuchlari xujumini qaytarish, ularga jiddiy talafot yetkazish, jangovar pozitsiyani qoʻlda tutib turish va shiddatli hujumga oʻtish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qoʻllaniladi. Janglar va operatsiyalar shaklida olib boriladi.. Jangovar harakatning dushman kuchlari hujumini qaytarish, ular-ga jiddiy talafot yetkazish, pozitsiyani qoʻlda tutib turish va hujumga oʻtish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qoʻllanadigan bir turi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Bayonotida „Davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuzildi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 1991-yil 6-sentyabrdagi farmoniga asosan, Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi, uning shtat tizimi va vakolatlari belgilandi. 1991-yil 10 sentyabrdagi farmonga binoan, Mudofaa Vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qoʻmondoni etib tayinlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktyabrdagi qaroriga binoan, Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va nizomlari tasdiqlandi. 4 . Xalqaro harbiy-siyosiy vaziyat beqaror rivojlanayotgan sharoitlarda O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga turli ko‘rinishdagi harbiy mojarolarga uning jalb etilishi ehtimolini istisno etmaydigan tahdidlar saqlanib qolmoqda . Zamonaviy harbiy mojarolarning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlari va Mudofaa doktrinaning harbiy-strategik jihatlari quyidagilardan iborat: ziddiyatlarni hal etish uchun harbiy kuch ishlatish zarurligi to‘g‘risidagi siyosiy vajlarni va xalqaro jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun oldindan axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatish va harbiy kuch bilan bir qatorda noharbiy tusdagi (siyosiy, iqtisodiy, axborot-psixologik va boshqa) chora-tadbirlardan faol foydalanish zarur hisoblanadi. Mudofaa doktrinada yana shu belgilab qo’yilganki , Qurolli kuchlarimizning qarshi kurashayotgan tomonlarning butun hududida obyektlarning aniq nuqtalarini nishonga urishga qodirliklari hamda qo‘shinlar turkumlarining yuksak darajada harakatchanligi va yetarli darajadaligi ham Mudofaa doktrinamizning harbiy strategik tomonlarini ko’rsatib beradi. Harbiy sohada O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash davlatning bosh vazifalaridan biridir va u ehtimol tutilgan harbiy mojarolarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishdan, ularni jilovlash hamda ularning oldini olishdan iboratdir. Mamlakatni ehtimol tutilgan harbiy mojarolarga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat mudofaa vazifalarini hal etish uchun harbiy tashkilotning barcha tarkibiy qismlari muvofiqlashtirilishini va o‘zaro hamkorlikda ishlashini ta’minlash harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanish tendensiyalarini monitoring va prognoz qilish hamda milliy xavfsizlikka harbiy sohadagi tahdidlarni neytrallashtirish borasida o‘z vaqtida monand chora-tadbirlar ko‘rish mudofaa vazifalarini hal etish uchun qulay siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni saqlab turishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish davlat harbiy tashkilotini mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiq mudofaa vazifalarini samarali hal etishni ta’minlaydigan tarzda rejali rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash tizimini takomillashtirish Download 19.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling