Давлат бошқарувида сиёсий партиялар роли
Download 0.67 Mb.
|
БИЛЛУР
Ikkinchidan- joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan karxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag’batlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratish xususan:
Aylanma mablag’larini to’ldirish uchun karxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo’lmagan stavkalarda 12 oygacha bo’lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish; Tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan , xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan karxonalarni byujetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan qo’shimcha qiymat solig’I bundan mustasno-ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish; Banklar kreditlari bo’yicha to’lov muddati o’tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko’rib chiqish , byujetga to’lanadigan to’lovlarning penyasidan kechish va boshqa muhim imtiyoz va preferensiyalar berish. Uchinchidan- qat’I tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan karxonalarning raqobatbardoshligini oshirish. Shu maqsadda 2008 yili xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiyotimizdagi etakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foiz tushurishga qaratilgan chora –tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflari ma’qullanganini qayt etish lozim. Shuningdek tannarxni kamaytirish bo’yicha belgilangan parametrlarga erishish uchun raxbar va ma’sul xodimlarni rag’batlantirishning ta’sirchan mexanizmini ishlab chiqish ko’zda tutilmoqda. Shu bilan birga , Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009 yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal xizmatlarning asosiy turlari bo'yicha narxlarning ko’tarilishini cheklash, ya’ni ularni 6-8 foizdan oshirmaslik mexanizmi ishlab chiqilgan. Ayni vaxtda bu sohalarning ishlab chiqarish rentabelligini so’zsiz ta’minlashi kerak. To’rtinchidan – elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish. Iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini yanada kuchaytirish , aholi farovonligini yuksaltirish ko’p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog’liqdir. Beshinchidan – jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda , ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab- quvvatlash iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda g’oyat muhim ahamiyatga ega. Bu vazifani bajarishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish katta o’rin tutadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling