Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish


Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish


Download 35.23 Kb.
bet6/7
Sana21.07.2023
Hajmi35.23 Kb.
#1661437
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dekabr oyida milliy parlamentimiz va mahalliy vakillik organlariga bo

Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:


  • xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;


  • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;


  • fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;


  • mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish;


  • ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.


Jamoatchilik nazoratining boshqa nazorat turlaridan asosiy farqi shundaki, jamoatchilik nazoratining obyekti- davlat organlari faoliyatodir. Jamoatchilik nazoratining qonuniy asoslari yaratilgani jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlashda muhim asos bo‘ladi. Bu odamlarning kayfiyati, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlash g‘oyasini izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.

[ Miravzal Mirakulov yuridik fanlari doktori.]

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida Konstitutsiya qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi. Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan ko‘ra samarali vosita yo‘q, dedi davlat rahbari.

“Xalqimiz qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qonun ustuvorligini ta’minlash qiyin bo‘ladi. Bugun jamoatchiligimiz tom ma’noda uyg‘ondi, endi turli lavozimdagi shaxslarning xatti-harakatlariga odamlarimiz bevosita baho berib, o‘z fikrini erkin ifoda etishga o‘rganmoqda”. “Qancha ko‘p talab qilsak, deputatlar ham, ijroiy hokimiyati ham o‘zgarishga majbur bo‘ladi. Chunki xalq buni talab qilmoqda. Ammo biz odamlarimizning huquqiy ongini, ularning talabchanligini oshirishimiz zarur”- deya qo‘shimcha qildi u. Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik nazorati “bir tomonlama vosita” ga aylanib qolmasligi kerakligini ta’kidladi. “Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki o‘zlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis ko‘rib chiqishlari lozim”. [07.12.2019 https//www.gazeta.uz]

Xulosa


Davlat jamiyatsiz davlat bo‘la olmaydi, jamiyat ham davlat bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Ya’ni davlat va jamiyat o‘zaro bog‘liq tushunchalardir. Tartib bor joyda rivojlanish bo‘lganidek, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi ham tartibli, qonuniy ish yuritmog‘i kerak. Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. To‘g‘ri davlatni ham, jamiyatni ham xalq ya’ni fuqarolar tashkil etadi, ularning manfaatlari huquqlari birinchi o‘rinda bo‘lmog‘i kerak. Shu o‘rinda fuqarolarning manfaatlaridan tashqari ularning o‘z burch va majburiyatlari ham border. Siyosiy partiyalar faqat hujjat(qog‘oz)dagina ishlab qolmay,balki ishlarni amalda ham bajarishi kerak. Xalq orasida shunday gap bor “Siyosiy partiya a’zolari besh yilda bir uyg‘onib, keyin yana qayta uyquga ketadi” deydi. Lekin davlat rahbarimiz va xalqimizning talablari, tashabusskorligi bilan hozirda ularning faoligi, amalda ham kuchaymoqda. Jamoatchilik nazorati jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlamoqda. Shu o‘rinda talab bor joyda ta’klif bo‘ladi deganidek, xalqimiz ham o‘z huquqiy ongini rivojlantirib, davlat idoralaridan qonuniy huquqlarini talab qilmog‘i kerak deb o‘ylayman. Davlat o‘z- o‘zidan rivojlanmaydi uni xalqi rivojlantiradi.


Download 35.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling