11-mavzu. Turkiyaning xalqaro o‘rni va nufuzi Reja
Download 17.77 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Turkiya tashqi siyosiy strategiyasi. Turkiya-Yevropa munosabatlari
11-mavzu. Turkiyaning xalqaro o‘rni va nufuzi Reja Turkiya tashqi siyosiy strategiyasi. Turkiya-Yevropa munosabatlari Turkiya-AQSh munosabatlati 3. Turkiyaning Yaqin va O'rta Shraq mamlakatlari bilan munosabatlari 1. Turkiya tashqi siyosiy strategiyasi. Turkiya-Yevropa munosabatlari Uzoq davr davomida Turkiya bor kuchi bilan “Evropa oilasi”ga kirishga harakat qilgan. Turkiya siyosatchilari xalqaro miqyosda o'zlarining Yevropa qadriyatlariga sodiqligini namoyish etib kelgan. Ularning barcha xatti-harakatlari Yevropaliklar tomonidan shubha bilan sovuq kutib olingan. Qanchalik urinmasin, turklar uchun Yevropa eshigi ochilmadi. Natijada, endi turklar uchun bu ittifoqning qizig'i qolmagan, o'z jozibasi va ustuvorligini yo'qotgan edi. Bu borada Frantsiya prezidenti Jiskar d'Estenning fikri e'tiborga loyiq. Uning ta'kidlashicha, “Turkiya Yevropa uchun muhim va yaqin mamlakat, lekin u Yevropa davlati emas. Turkiya – musulmon madaniyati va turmush tarziga ega davlat. Tamoman farqli qonunlar va turlicha boshqaruv tizimi Turkiyaning Yevroittifoqqa to'liq integratsiyalashuvi imkonini bermaydi”. Hatto, aksariyat siyosatchilar fikricha, Turkiyaning Yevropa Itifoqiga kirishi – Yevropaning tugashini bildirar edi. Agar Turkiya Yevropa Ittifoqiga kirsa, o'zining 80 mln lik aholisi bilan YeI nizomiga ko'ra Yevroparlament va uning boshqa tuxilmalarida ko'pchilik o'ringa ega bo'ladi. Shuning uchun ba'zi mutaxassislar ta'kidlashicha, bu holat Sharq va G'arb munosabatlarining keskinlashuviga olib keladi. Ana shunday munosabat natijasida Turkiya tashqi siyosiy yo'nalishini o'zgartirishga majbur bo'lgan. Endi Yevropa va Turkiya o'rtasidagi munosabatlar tamoman rasmiy va hech qanday yon berishsiz asosga ega. Albatta, Turkiya har qanday munosabatda avvalo o'z manfaatini birlamchi deb bilgan. Turkiya tashqi siyosatining muammoli nuqtalaridan yana biri – turk va grek qismlariga bo'lingan Kipr masalasidir. Janubiy Kipr - Gretsiya, turklar yashaydigan Shimoliy Kipr - Turkiya tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Ma'lum bo'lganidek, NATOga a'zo bo'lgan bu ikki davlat bu masalada bir-biriga dushmanlik mavqeini egallagan. Keyingi yillarda xalqaro munosabatlarda tobora o'z mavqeini mustahkamlab borayotgan va ayni paytda, Gretsiyaning zaiflashayotganidan foydalanayotgan Turkiya Shimoliy Kiprdagi o'z ta'sirini jiddiy ravishda muhofaza qilib kelmoqda.
Download 17.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling