11-mavzu. Turkiyaning xalqaro o‘rni va nufuzi Reja


Turkiyaning Yaqin va O'rta Shraq mamlakatlari bilan munosabatlari


Download 17.77 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi17.77 Kb.
#220420
1   2   3
Bog'liq
1-мавзу

3. Turkiyaning Yaqin va O'rta Shraq mamlakatlari bilan munosabatlari

Tashqi siyosatda Turkiyaning Yaqin va O'rta Shraq mamlakatlari bilan o'rnatilgan munosabatlari alohida o'ringa ega. Suriya bilan Yevfrat daryosi suvlaridan samarali foydalanish masalasida azaliy muammoning yechimi haligacha mavjud emas. 20 yillik tanaffusdan keyin 2003-yilda Suriya Bosh vaziri Turkiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan. Undan keyin rasmiy aloqalar yana to'xtagan.

Isroil bilan harbiy-texnik masalalarda kelishuvlar amalga oshirilgan. Isroil va Falastin kelishmovchiligida ham Turkiya ishtiroki muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda Turkiya-Rossiya munosabatlari, O'rta Osiyo davlatlari bilan o'rnatilgan hamkorlik aloqalari Turkiya tashqi siyosati ustuvor yo'nalishlarining mazmunini tashkil etadi.

AQShning ogohlantirishlariga qarmay, Turkiya vqa Eron o'rtasidagi energetika sohasiga oid hamkorlik Turkiyaning tashqi mamlakatlar bilan tobora mustaqil siyosat olib borayotganidan daololat beradi.

Xulosa qilib aytganda, Turkiyaning Yevropa va AQSh o'rtasidagi munosabatlariga doir tahlilchilar xulosalarida tez-tez uchraydigan yana bir fikrni qayd etish o'rinli. Ya'ni, Turkiya o'zining tobora o'sib borayotgan qudrati nuqtai nazaridan tashqi siyosatda endi Sharqqa yo'naltirilgan boshqa mo'ljal oladi va bu bilan borgan sari strategik sheriklari bo'lgan AQSh va Yevropani o'z ta'sir doirasidan siqib chiqara boshlaydi. Bugun Anqaraning bu borada olib borayotgan mustaqil tashqi siyosati ana shundan dalolat bermoqda.

Biroq Turkiyaning bir necha geopolitik tuzilmalar orasida joylashganligi uning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lsa-da, boshqa tomondan, bu “qulaylik” Turkiyaning doimiy ravishda siyosiy muammolarga duch kelishiga sabab bo'lmoqda. Janubda - arab dunyosi, Shimolda - Rossiya, G'arbda - Yevropa Ittifoqi, Sharqda - Eron va O'rta Osiyo - Turkiya tashqi siyosatining murakkab jihatlaridandir. Armaniston, Eron, Iroq, Kurdiston avtonom viloyati va Suriya bilan Turkiya o'rtasidagi munosabatlar allaqachon bir davlat doirasidan chiqib, xalqaro muammoga aylanib ulgurganligi ham sir emas.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. Turkiya bilan Yevroittifoq muammolari nimalardan iborat?

2. Bu davrda Turkiya va AQSh munosabatlari qanday bo'lgan?

3. Global siyosatda Turkiyaning tutgan o'rni qanday?



4. Yaqin Sharq muammolarini qanday tushunasiz?
Download 17.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling