Davlat budjeti xarajatlari
Download 339.95 Kb.
|
1-jadvalMaqsadli fondlarsiz davlat budjeti xarajatlarining tarkibi
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari faoliyati uchun xarajatlar jami xarajatlar tarkibida 2013-2016 yillarda jami budjet xarajatlari 3,1 foizni tashkil etmoqda. Iqtisodiyotga davlat tomonidan ta’sir ko’rsatish vositalari ichida davlat budjetining iqtisodiy maqsadlardagi harajatlari alohida o’rin egallaydi. Bu turkum xarajatlarga quyidagi xarajatlar kiradi: iqtisodiyot xarajatlari markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. Iqtisodiyot tarmoqlariga yo’naltirilgan xarajatlar kamayib borish tendentsiyasiga ega. Lekin bu xarajatlarni moliyalashtirishdan butunlay voz kechish ham maqsadga muvofiq emas. Hatto taraqqiy topgan bozor sharoitida ham davlat mablag’larini jalb qilishni talab qiladigan sohalar, tarmoqlar, tadbirlar mavjud bo’ladi. Davlat budjetining xarajatlari tarkibida markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirishga mo’ljallangan xarajatlari alohida o’rin egallaydi va davlatning strategik maqsadlarini, ya’ni iqtisodiyotning hal qiluvchi, ustuvor hisoblangan tarmoqlari bo’lgan – neft, energetika, g’alla yetishtirish, paxtani qayta ishlash sanoati kabilarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilmoqda. Bu xarajatlar budjet xarajatlarining 2016 yilda o’rtacha 4,9 foizini tashkil qiladi. Umuman, davlat budjetidan iqtisodiyot xarajatlari asosan qishloq va suv xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab- quvvatlashga yo’naltirilmoqda. Shu orqali agrar tarmoqda faolyat yurituvchi korxonalarni va xususan, fermer xo’jaliklarining barqaror faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratib byerilmoqda. jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, iqtisodiyot xarajatlari esa 2013 yilda 2791 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lib, jami budjet xarajatlarida 10,6 foizni tashkil etgan. 2016 yilga kelib ushbu xarajatlarning jami davlat budjeti xarajatlaridagi salmog’i 10,6 foizni tashkil etmoqda. Lekin, ushbu xarajatlar nominal mazmunda o’sib borgan. Markazlashtirilgan investitsiyalarni budjetdan moliyalashtirish uchun 2013 yilda 1300 mlrd. so’mni, 2014 yilda 1500 mlrd. so’mni, 2015 yilda 1800 mlrd. so’mni va 2016 yilda 2100 mlrd. so’mni tashkil etmoqda. Bu, o’z navbatida, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modyernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bilan bog’liq yirik va strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni moliyalashtirishda budjet investitsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat byeradi. Davlat budjetidan qishloq xo’jaligini moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimi quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda: Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi suv xo’jaligi tashkilotlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr-enyergiyasi to’lovlariga xarajatlar; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar; hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab- quvvatlash uchun maqsadli mablag’lar. Davlat budjetidan iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash uchun xarajatlari tarkibida Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi suv xo’jaligi tashkilotlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr-enyergiyasi to’lovlari jami budjet xarajatlari tarkibida 2013 yilda 3,5 foizni, 2014 yilda 3,4 foizni va 2015 yilda 3,3 foizni tashkil etgan. 2016 yilda esa, 3,3 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. jadvalDownload 339.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling