Davlat budjeti xarajatlari


Download 339.95 Kb.
bet1/14
Sana18.06.2023
Hajmi339.95 Kb.
#1555929
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Davlat budjeti xarajatlari


Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun samarali faoliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda davlatning asosiy funksiyasi quyidagilardan iborat:






Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakat iqtisodiy salohiyatining oshib borishi bilan davlatning kuch-qudrati, uning o’z funksiyasini kengaytirib borish imkoniyati ortib boradi. Davlat o’z funksiyasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i va maqsadga muvofiq sarflamog’i ob’ektiv zaruriyatdir. Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat budjeti xarajatlariningmavjud bo’lishini taqozo etadi.




Davlat budjeti xarajatlari YaIMning qayta taqsimlanishi natijasida davlat budjetida jamlangan pul mablag’larining maqsadga muvofiq qayta taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog’liq budjet qonunchiligi bilan tartibga solinadigan pul munosabatlari yig’indisidir.

Xulosa qilib aytganda, milliy iqtisodiyotni boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy instrumentlari qatori, davlat budjeti ham muhim ahamiyat kasb etadi va ma’lum vazifalarni bajaradi.



Download 339.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling